2.2.Modulli o`qitish texnologiyasi tamoyillari O`qitishning modulli texnologiyasi, o`qitishning qabul qilingan tamoyillariga
muvofiq (1.1-rasm) ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Quyidagi [11, 32]
tamoyillar modulli o`qitish texnologiyasining asosini tashkil etadi:
1. Faoliyatlik yondoshuvi tamoyili:Bu tamoyil, modullar mutaxassisning
faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi.
Bu tamoyilga ko`ra modullar fan bo`yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli
faoliyat yondashuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o`qitish texnologiyasida fan
bo`yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o`quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida
tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat
yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyat tahlili asosida
shakllantiriladi.
1. Tenglik, teng huquqlik tamoyili. Bu tamoyil, pedagog va talabaning o`zaro
munosabati sub`ekt - sub`ekt xarakterligini belgilaydi. Bu esa, modulli o`qitish
texnologiyasini, shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini
ko`rsatadi. YA`ni modulli o`qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik
xususiyatlariga moslashgan bo`ladi.
3. Tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni lo`nda qilib berish
yondoshuvi, muhandislik bilimlar kontseptsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash
nazariyalarining talablariga asoslanadi.
2. SHular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik
qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi:
3. • katta hajmdagi o`quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan)
eslanadi;
4. • ma`lum tizimda qisqartirilgan holda berilgan o`quv materiali, osonroq
o`zlashtiriladi;
O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish)