O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonining faollashtiruvchi
fikrlashning simvolli va geometrik (algebraik) mexanizmlarni o`z ichiga olgan, bilim
berishni uyg’unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir.
Grafik (ko`zga ko`rinuvchi) axborot miyaning o`ng yarim shari imkoniyatlarini
faollashtiradi, oliy ma`lumotli mutaxassis uchun zarur bo`lgan, tasviriy fikrlash
qobiliyatini, intuitsiyasini (ichki tuyg’u) rivojlantiradi. Buyuk olim A.Eynshteyn
aytganidek “intuitsiya xaqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki,
bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali shu bilan birga biz anglamasdan
kechadi”. Haqiqatda ilm-fanni shakllanishi va rivojlanishi gepotezasiz (farazsiz),
farazni vujudga kelishini zsa intuitsiyasiz tasavvur etish qiyin.
Shu bilan birga, ko`rgazmali axborot og’zaki axborotdan ko`ra, ahamiyatliroq
va unumliroqdir. Ko`rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati,
eshitishdan ko`ra ancha yuqoridir. Bu esa o`z navbatida, ko`rish tizimiga, inson qabul
qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini etkazish imkoniyatini beradi. Undan
tashqari ko`rgazmali axborot bir vaqtning o`zida beriladi. SHuning uchun axborotni
qabul qilish va eslashga og’zaki axborotdan ko`ra kam vaqt talab etiladi. Ko`rgazmali
axborot ishlatilganda, tasavvur hosil bo`lishi og’zaki bayondan ko`ra o`rtacha 5-6
marotaba tezroq kechadi. Insonning ko`rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, og’zaki
axborotdan ko`ra ancha yuqori bo`ladi. Ko`pchilik hollarda u oxirgisini o`tkazib
yuboradi. Ko`rgazmali axborotni qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning
ko`rgazmali axborotga ishonchi, og’zaki axborotdan ko`ra yuqori bo`ladi. SHuning
uchun «yuz bor eshitgandan ko`ra, bir bor ko`rmoq afzalroqdir» deb bejiz
aytilmagandir.
Shu bilan birga, ko`rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni
ko`rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog’liq bo`lmaydi, og’zaki axborotning
o`zlashtirilishi esa bunga bog’liq bo`ladi. O`rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd
etish lozim: simvolli-ko`rgazmali axborotni qabul etish, o`qitish samarasini oshiradi.
SHuning uchun o`quv-ilmiy adabiyotdan va komp’yuter texnikasi vositasida
olinadigan axborotni ko`paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa, o`qitishni
individuallashtirish zarurligini ko`rsatadi.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
8. Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o`qitish jarayonida doimiy
ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, talabalarning ruhiy
faoliyati funktsional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga
qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi, talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini
rivojlanishiga yordam beradi.
9. O`quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil talabalarda individual va
mustaqil ishlash uchun o`quv vaqtining zahirasini yaratishga yo`naltirilgan bo`ladi.
To`g’ri tashkil qilingan modulli o`qitish, o`qish vaqtini 30% va undan ortiq
tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o`qitishning barcha tamoyillarini to`la
amalga oshirilganda, o`quv jarayoni komp’yuterlashtirilganda, yondosh fanlarning
o`quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
10. Texnologik tamoyili. Bu tamoyil talabalar tomonidan o`qitishning
ko`zlangan natijalarga erishish kafolatini ta`minlovchi, o`qitish va bilimni
o`zlashtirish jarayonini, tizimli modulli yondashuv asosida ro`yobga chiqarishni
anglatadi. Mazkur tamoyil quyidagilar orqali ta`minlanadi:
-maksimal aniqlashtirilgan o`quv maqsadlarni ishlab chiqish, ularni o`lchash va
baholash mezonlarini tanlash;
-qo`yilgan o`quv maqsadlarga erishishiga yo`naltirilgan o`quv jarayonini ishlab
chiqish va aniq tasvirlash;
-o`quv maqsadlarini, butun o`quv jarayonini o`qitish natijalariga kafolatli
erishishga yo`naltirish;
-o`qitish natijalarini tezkor baholash va o`qitishga tuzatishlar kiritish;
- o`qitish natijalarini yakuniy baholash.
Texnologik tamoyili, o`qitishni qayta takrorlanadigan jarayonga aylanishiga imkon
beradi [7].
Modulli o`qitish tizimida o`rgatuvchi tsikllar soni, o`quv fanining modullari
soniga teng bo`ladi. O`quv maqsadlariga erishish uchun o`quv me`yoriy hujjatlarning
uzviyligini ta`minlash tayanch sharoitlarini yaratish zarur. Ushbu maqsadlarda
uzviylik tamoyilini qo`llash tavsiya etiladi.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Dostları ilə paylaş: |