O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
- mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
- o`quv-uslubiy tarqatma materiallar;
- o`quv-ilmiy adabiyotlar ro`yxati;
- ishchi o`quv dastur.
Har bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim:
joriy modul uchun bu
o`tilgan materialning nazorati bo`lsa, keyingi modul uchun esa bu kirish
(boshlang’ich) nazorat bo`ladi [7].
Har qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to`plami tuziladi va ular
talabaga mashg’ulotdan oldin beriladi. Modul tavsiya qilinadigan adabiyotlar bilan
ta`minlanadi. Har bir talaba materiallarni o`zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi
modulga o`tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog’liq bo`lmasdan test sinovlaridan
o`tishlari mumkin.
Modulli o`qitish, fanning asosiy masalalari bo`yicha umumlashtirilgan
informatsiyalar beruvchi muammoli va yo`riqli ma`ruzalar o`qilishini taqozo etadi.
Ma`ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
Ma`ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo`llab,
materiallarni
blok-sxema, rasmlar bloki ko`rinishida taqdim etilishi maqsadga
muvofiq bo`ladi.
Bunda materialning o`zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:
- modulning pirovard maqsadi tushunib etiladi;
- o`quv materialining elementlari orasidagi bog’lanishdar va uning o`tishlari
yaqqol ko`rsatiladi;
- o`quv materialining (modulning) butun hajmi talabaning ko`z oldida
gavdalanadi.
Modul tizimida o`quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo
informatsiyani «siqish» vazifasi ko`zlanadi.
Bilimlarni to`la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish
lozim.
O`quv informatsiyasi bir vaqtning o`zida 4 xil – rasmli, sonli, simvolli va
og’zaki ko`rishishda uzatilganida eng mustahkam o`zlashtirishga erishiladi [7].
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Modulli o`qitish texnologiyasini yaratishda
bunga rioya qilish muxim
axamiyatiga ega. Har qaysi modul bo`yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni
(savollar qo`yilishi tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish,
formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy ko`rsatmalarni
taqdim etish, maqsadga
muvofiq bo`ladi.
Umumun olganda rasmlar bloki, sxemalar bloki va boshqa suratli
(ko`rgazmali) materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini ham
bajaradilar. SHu
bilan bir qatorda har bir fan, jumladan, modul uchun atamalarning
izohli lug’atini tuzish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Modulni o`qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o`qitishning
quyidagi usullarni qo`llash lozim: aqliy hujum, muammoli vaziyatlar, evristik(savol-
javobli) suhbatlar, o`quv o`yinlari va h.k.
O`qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon
bo`ladi:
- fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o`qitish uzluksizligi ta`minlanadi;
- har bir modul ichida va ular orasida o`quv jarayonini barcha turlarining
metodik jihatdan asoslangan muvofiqligi o`rnatiladi;
- fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi;
- talabalar o`zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har
qaysi moduldan
so`ng) qilinishi;
- talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko`ra tabaqalanishi (dastlabki
modullardan so`ng, o`qituvchi ayrim talabalarga fanni individual o`zlashtirishni
tavsiya etishi mumkin);
- informatsiyani “siqib” (lo`nda qilish) berish natijasida, o`qishni
jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o`quv vaqti tarkibini,
ma`ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg’ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun
ajratilgan soatlarni optimallashtirish. Bilimlarni to`la, foydalanish uchun qulay tarzda
taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
Buning natijasida, talaba etarli bilimlarga ham, ko`nikmaga ham, uquvga ham
ega bo`ladi.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Shunday qilib, modulli o`qitishdan foydalanib
oliy malakali mutaxassisni
tayyorlash quyidagilar asosida ta`minlanadi:
- o`qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o`zlashtirish samaradorligi oshadi);
- o`qitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko`p qismi,
individual va mustaqil ishlash paytida, komp’yuter tarmoqlari orqali o`zlashtiriladi);
- o`qishni individuallashtirish (talaba o`z qobiliyatiga ko`ra bilim olish
imkoniyatiga ega bo`ladi).
O`qituvchining kasbiy faoliyatida rivojlanishni ta`minlovchi asosiy ziddiyat
inson qobiliyatlari hamda pedagogik faoliyat talablari o`rtasidagi tafovut bilan
belgilanadi. Pedagogik jarayonda yuzaga keluvchi ziddiyatlarni xar bir o`qituvchi
o`z
imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida xal qiladi. Bu faoliyat o`qituvchining
individual uslubini belgilab beradi.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish”
fanidan nazariy
bilimlarni berishda o`quv dasturini modullarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq
bo`ladi, quyida 3.2-jadvalda fanning modulli strukturasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: