O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
O`quv modulini o`zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga javob
berish, talabalarning o`quv faoliyatini yo`naltirib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning har bir o`quv moduli oxiridagi faoliyati nazorat topshirish bilan
yakunlanadi. Olinadigan nazorat tarkibida og’zaki
savol-javob, tabaqalashtirilgan
mustaqil ish, test topshiriqlari ko`zda tutilishi mumkin. Shunday qilib, o`qitishning
modulli tizimi o`qituvchiga o`qitish shakli va uslublarini
tanlashda etarli erkinlik
hamda o`quv materiallarini o`zlashtirishga ketadigan vaqtni tejash, qo`shimcha
vaqtdan foydalanish hisobiga talabalarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash imkonini
beradi va bularning bari talabalarning bilimlarini tizimlashtirish
hamda sifatini
oshirishga hizmat qiladi.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan nazariy
bilimlarni modulli o`qitish texnologiyalaridan foydalanib o`qitishda o`quv materialini
mavzu bo`yicha muammolar qo`yib, oldin o`rganilgan bilimlarini takrorlash,
talaba
xotirasidan o`tgan dalillarni faollashtirish yo`li bilan uni yangi mavzuni o`rganishga
tayyorlaydi. Pedagogik maqsadlarni qo`yish, mavzuga muvofiq muammoni tanlash,
o`rganilgan ta`rif, qoidalarni takrorlash, mexanizmlarni
eslatish maqsadlarini aniq
tasavvur etadi va mustaqil fikrlashga undaydi.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
dasturlarni va o`quv modullarini yaratishda o`qituvchi muayyan ishlarni amalga
oshirishi lozim bo`ladi:
1. Modulning modulli dasturdagi o`rnini belgilash.
2. Modul tarkibiga kiruvchi mavzularni ajratish va modulni nomlash.
3. Modulning maqsadini va o`qitishning oxirgi natijalarini belgilash.
4. Zarur texnikaviy o`quv materiallarini tanlash.
5. Modul asosida o`qitishning va nazoratning usul hamda shakllarini tanlash.
6. O`quv faoliyati usullarini tanlash.
7. Modul strukturasini tuzib chiqish.
8. Fanning o`quv materialini alohida tugallangan o`quv
elementlariga ajratib
chiqish.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
9. Modul matnini kerakli nusxada ko`paytirish.
Modul asosida kiritilgan shakl o`zgarishlarining har biri o`qituvchi va talabaning
diqqatini tortadi, o`quv materiali ularning fikrlarini ma`lum nuqtaga jamlaydi.
Qiziqish, o`qish va o`quv materiali o`rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik yuzaga
chiqadi.
Demak, “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan nazariy
bilimlarni modulli o`qitish asosida tashkil etishda quyidagi o`quv bosqichlariga
tayangan holda tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Nazariy ta`limda mavzu bo`yicha o`quv materialini o`rgatish
bosqichlari
Modulli dasturdan foydalanib, nazariy bilimlarni berishni yuqoridagi o`rgatish
bosqichlariga
tayangan holda, “Chiziqli dasturlash masalalarini echish” moduli
misolida ko`rib chiqamiz. Bu modul 4-kursning 1-semestriga mo`ljallangan bo`lib 8
soat nazariy ta`limni o`z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: