Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyasiga va aksinchа elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga oʻzgartirish maqsadida elektr generatorlardan foydalaniladi. Generatorlarni bu, gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonar va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Koʻpinchа elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi. Tokning turi asosan asosan elektr mashinalar oʻzgarmas vaoʻzgaruvchan tok mashinalariga boʻinadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgachа va undan yuqori quvvatlarda tayyorlanadi. Ko'p qoʻllaniladigan elektr mashinlarda energiyaning oʻzgarishi magnit maydon ta'sirida boʻladi. Shuning uchun ularni induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr maydon ta'sirida halo ta'sirida ham o'zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini siqmli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko'p tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagachа katta energiya oosil qilinishi mumkin. Bir xil oʻlchamli induktiv va sqimli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida anchа katta quvvatga erishish mumkin. alar yordamida anchа katta Elektr mashinaning asosiy elementi boʻlib hisoblangan ferromagnit oʻzaklar yordamida kuchli magnit maydon hosil qilish mumkin. Oʻzgaruvchan magnit maydonlarda uyurma
toklarini kamaytirish maqadida magnit oʻzaklar yupqa elektrotexnik poʻlat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining choʻlgʻamlari ham asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat boʻlgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Choʻlgʻamlarni himoyalash maqsadida, turli elektr himoyalash materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel rejimida qoʻllanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning oʻzgarishi quvvat isroflari bilan bogʻliq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffisientlari 100% dan kichik boʻladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining FIK i 98 ÷ 99,5% ga teng bo'lib, quvvati 10 Vt gachа boʻlgan elektr mashinalariniki 20 ÷ 40% gachа boʻladi.