Oʻzgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi, magnit zanjirini hisoblash Reja: Oʻzgarmas tok mashinalarining qoʻllanilishi



Yüklə 16,36 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü16,36 Kb.
#196025
1   2   3   4   5   6
Презентация1

yaxshilashga xizmat qiladi, shuning uchun kompensasiyalovchi choʻlg'amlarga o'xshash yakor choʻlgʻami bilan ketma- ket ulanadi. Oʻzgarmas tok mashinalarining qoʻzatish choʻlg'amlari misdan tayyorlanib, asosiy qutb oʻzaklariga oʻrnatiladi, yaxshiroq sovutish uchun choʻlg'amni bir nechа qismlarga boʻlinib, qismlar orasida sovutish kanallari hosil qilinadi. Oʻzgarmas tok mashinasining qoʻzgʻatish choʻlgʻami yordamida asosiy magnit oqim hosil qilinadi. Oʻzgarmas tok mashinasining yakori qyidagi elementlardan: valdan, magnit oʻzakdan, kollektordan, choʻlgʻamdan va boshqa yordamchi elementlardan iborat. Oʻzgarmas tok mashinasining vali konstruktiv poʻlatdan tayyorlanadi. Yakorning magnit oʻzagi qalinligi 0,35 0,5mm boʻlgan elektrotexnik poʻlat tunukalaridan yigʻladi, boʻlgan elektrotexnik poʻla tunukalar bir- biridan maxsus izolyasiyalovchi laklar bilan qoplanadi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bogʻliq. Yakorning magnit oʻzagini yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning oʻq boʻyichа magnit oʻzak alohida paketlarga boʻlinadi Magnit oʻzakning oʻrta qismini sovutish qiyin boʻlganligi uchun oʻzakning oʻrtasida joylashgan paketlarni oʻlchami kichik boʻladi. Yakorning paketlarga bo'lingan magnit oʻzagini sovutish uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning kengligi 10 mm gachа boʻladi. Yakorning choʻlgʻamlari misdan tayyorlanadi. Choʻgʻamlami tayyorlash uchun choʻlgʻamning yoyilgan sxemasi chiziladi, gʻaltaklaming boshi va oxiri kollektor tunukalariga ulanadi. Kollektor oʻzgarmas tok mashinalarida mexanik toʻgʻrilagich vazifasini bajaradi. Oʻzgarmas tok mashinalarida kollektor misdan tayyorlangan alohida kollektor

tunukalaridan yigʻiladi, so'ngra valga oʻrnatiladi. Kollektor tunukalari orqali oʻzgarmas tok generatorlaridan elektr quvvat Kalari orjali o'zgarmas tok ge iste'molchilarga elektr choʻtkalar orqali uzatiladi, dvigatel rejimida esa cho'tkalar orqali yakor choʻlgʻamiga elektr quvvati keltiriladi. Yakorning valiga oʻzgarmas tok mashinalarining sovutish sistemasini yaxshilash maqsadida havo purkagichi ( ventilyator) oʻmatiladi. Katta quvvatli oʻzgarmas tok mashinalarida po podshipniklar alohida shitlarga oʻrnatiladi. Katta quvvatli oʻzgarmas tok mashinalarida magnit oʻzak segmentlar koʻrinishidagi elektrotexnik tunukalaridan yig'ilishi mumkin. Oʻzgarmas tok mashinalarning yammosi uning korpusi ham boʻlib hisoblanadi. Mashinaning yarmosi asosan konstruktiv poʻlatdan tayyorlanadi, ba'zi hollarda yarmoni tayyorlash uchun choʻyan ham ishlatiladi.


Yüklə 16,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin