O’zgarmas va o’zgaruvchan stabilizatorlari reja: Stabilizator haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/3
tarix10.05.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#57094
1   2   3
O’zgarmas va o’zgaruvchan stabilizatorlari reja Stabilizator ha

Kompensatsion stabilizatorlar
Kompensatsion stabilizatorlar parametrik stabilizatorlarga o‘xshab silliqlovchi filtrlar bilan yuklama

oralig‘iga ulanadi. Bu stabilizatorlarda chiqish kuchlanishi Uchiq kirish kuchlanishi Ukir bilan tranzistor T1 dagi kuchlanish farqiga teng, ya’ni Uchiq=Ukir–DU. Kompensatsion stabilizatorda yuklamadagi kuchlanish Uyuk tayanch stabilitrondagi UT kuchlanish bilan uzluksiz solishtirilib turiladi. Solishtirish natijasida farq paydo bo‘lsa, boshqaruvchi tranzistor T2 ning kirishiga kuchlanish farqi UT–b·Uyuk beriladi. Bu kuchlanish farqi kuchaytirilib boshqariluvchi quvvatli tranzistor T1 ga beriladi. Tranzistor T1 ning qarshiligi o‘zgarib undagi kuchlanish DU u yoki bu tomonga o‘zgarib, chiqish kuchlanishidagi kuchlanish farqini kompensatsiyalaydi. Stabilizatordagi kirish kuchlanishi oshsa yoki yuklama toki Iyuk kamaysa, Uyuk kuchlanishi avvalgi kattaligidan farqlanib o‘zgaradi. Yuklama kuchlanishi bUyuk


(b – R1, R2, R3 bo‘luvchi qarshiliklarning bo‘luvchi koeffitsiyenti), tayanch kuchlanishi UT bilan solishtiriladi. Tayanch kuchlanishi doimiy bo‘lganligi uchun chiqishdagi bUyuk ning oshishi T2 tranzistorning baza va emitter orasidagi kuchlanishning kamayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida T1 tranzistorning kollektor – baza orasidagi kuchlanishni kamaytiradi va o‘z navbatida T2 tranzistorning kollektor toki kamayadi. Bu T2 tranzistorning qarshiligi oshgan holatiga to‘g‘ri keladi.
Bu o‘zgarish DU kuchlanishning oshishiga chiqishdagi kuchlanish Uyuk nominal holatini egallashga olib keladi. Kompensatsion stabilizatorlarda stabilizatsiya koeffitsiyenti bir necha mingga oshadi. Buning uchun katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan tranzistor tanlash hamda Uyuk kuchlanishni R2 o‘zgaruvchan qarshilik orqali siljitish kerak.
Rasmda yuklama toki 40 mA mo‘ljallangan kuchlanish stabilizatori keltirilgan. Stabilizator ikkita 9 va 12,6V chiqish kuchlanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, uni boshqarish xatoligi 10% ni tashkil qiladi. Stabilizator operatsion kuchaytirgich Ê1Ó-Ò401À dan, solishtirish sxemasi va teskari bog‘lanishli kuchaytirgichdan tashkil topgan. Invertirlovchi kirish 9 ga chiqish kuchlanishi bo‘luvchi R4R6 qarshiliklardan beriladi, kuchaytirgichning ikkinchi kirishi 10 ga esa D2 stabilitrondan tayanch kuchlanishi beriladi. MS ning kirishidagi potentsiallar farqi operatsion kuchaytirgich orqali kuchaytirilib D1 stabilitron

orqali siljituvchi tranzistor T1 ning bazasiga beriladi. Bu qurilmaning stabilizatsiya koeffitsiyenti mingdan ortiq.


Kuchlanish stabilizatori ikki xil variantda: alohida aniq bir qurilmaga mo‘ljallab va avtonom blok turida tayyorlanadi. Stabilizatorlarni tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: prinsipial sxema montaj qilinayotganda har bir elementga qulay yetib borish kerak, ya’ni ayrim elementlarini almashtirish qulay bo‘lishi kerak. Sxemada olib qo‘yadigan elementlarni ishlatish hamda kerakli chiqqichlarni plataning bir tarafiga qulay qilib chiqarish maqsadga muvofiqdir. Platani ushlash esa kavsharlanmasdan, bir-biriga kirib kontakt beradigan elementlardan tayyorlash qulaylik keltiradi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin