1. Poliploidiya; 2. Aneuploidiya; Poliploidiya ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Avtopoliploidiya bir turga mansub organizm xromosomalarining karrali ortishi. Avtopoliploidlar Muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n, 7n va hokazo)ga ajraladi. Allopoliploidlar har xil turga mansub organizm xromosomalarining birlashishidan hosil bo‘ladi. Allopoliploidiya turlararo duragay organizmlardagi xromosoma to‘plamini karrali ortishidir.
Aneuploidiya Aneuploidiya hodisasi xromosomalar soni ortishi yoki kamayishi bilan aloqador.
Ayrim holatlarda meyoz jarayonida xromosomalar ikki qiz hujayraga teng taqsimlanmasligi mumkin. Bunda bir gametaga bitta, ikkita yoki uchta xromosoma ortiqcha, ikkinchi gametaga shuncha xromosoma kam taqsimlanadi. Aneuploidiya o'ziga xos nomlarga ega:
Monosomik - Agar zigotada bitta xromosoma kam bo'lsa; (2n – 1)
Nullisomik - Agar zigotada bir juft xromosoma kam bo‘lsa; (2n-2)
Trisomik - Agar zigotada bitta xromosoma ortiqcha bo‘lsa; (2n+1)
Tetrasomik - Agar zigotada bir juft xromosoma ortiqcha bo‘lsa; (2n+2)