O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili



Yüklə 273,93 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü273,93 Kb.
#162627
  1   2   3   4
O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili


O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili

Subyektning ruhan o‘zini o‘zi yemiruvchi axloqini tushunish uchun uning dunyoga nisbatan bo‘lgan ratsional va irratsional munosabatlari xususiyatini hisobga olish zarur. Inson o‘z axloqini mavjud hayotda rejalashtira va bashorat qila turib, ongsiz ravishda o‘zini maqsadga erishish yo‘lida kutib turgan taxminiy energetik sarflariga umid qiladi. Maqsadiga erishish jarayonida inson ish bajarish uchun zarur bo‘lgan energiya miqdorini chiqarishga qodir bo‘lmay qolsa, u holda unda charchoq holati paydo bo‘ladi va qo‘shimcha ravishda zarur energiya ishlab chiqarish uchun ishni to‘xtatib turish istagi paydo bo‘ladi. Agar kishining rejalari va bashoratlari xato bo‘lib chiqsa va u talab qilinganidan ko‘proq energiya sarflagan bo‘lsa, unda hayajonlanish holati paydo bo‘ladi. Kishi o‘zini deyarli har narsaga qodir deb his qiladi. Buni odamda kutilmaganda shunchalik ko‘p pul paydo bo‘lgan va u bu pullarni qayerga sarflashni bilmayotganligi holati bilan tenglashtirish mumkin. Shuning uchun, ko‘pgina individlar iloji boricha ko‘proq shunday holatga tushishga harakat qiladilar. Unga ruhiy faol moddalar deb ataluvchi vositalar yordamida erishiladi. Ruhiy faol modda – bir marta qabul qilishning o‘zida kayfiyatni, jismoniy holatni, o‘zini his qilishni o‘zgartirish, uni o‘rab turgan olamni, axloqni o‘zlashtirish yoxud boshqa ruhiy-jismoniy samaralar berish, uzoq vaqt davomida qabul qilishda esa ruhiy va jismoniy tobelikni keltirib chiqaruvchi har qanday kimyoviy moddaga aytiladi.


Ruhiy tobelik - doimiy yoki davriy ravishda ruhiy-faol moddani astoydil izlash bilan tavsiflanuvchi o‘rganib qolishdir. Jismoniy tobelik esa – tolerantlikning ortishi, ya’ni bekor qilish sindromi yuzaga kelishini bartaraf qilish uchun moddaning o‘sib boruvchi dozalarini qabul qilish zaruriyati bilan tavsiflanadi. Bekor qilish sindromi (abstinensiya) – ruhiy faol moddalarni iste’mol qilishni to‘xtatish natijasida yuzaga keluvchi va xavotir, vahima, affektli zo‘riqish, ichki notinchlik, achchiqlanuvchanlik va kayfiyat, yurak urishining pasayishi, titrash yoki, aksincha, terlashda namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos sindromdir.
Tolerantlik (barqarorlik) – narkotikli ta’sir qiluvchi moddaning ma’lum dozasiga bardosh berish qobiliyatidir; istalgancha samara beruvchi minimal doza bilan belgilanadi.

64



Ruhiy-faol moddalar orasida narkotiklar, zaharli va psixotrop ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari alohida ajralib turadi. Narkotik deganda, odatda, quyidagi mezonlarga mos keluvchi modda tushu-niladi:
- ruhiy jarayonlarga o‘ziga xos – sedativ, rag‘batlantiruvchi, gallyutsinogen va shu kabilar (tibbiy mezon) ta’sir ko‘rsatadi;
- moddani oqibati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, ulkan ko‘-lamlarga yetadigan darajada notibbiy iste’mol qilish (ijtimoiy mezon);
Narkotiklar guruhiga kiritilmagan ruhiy faol moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanadi. Ularda narkotiklarning barcha psixotrop xossalari mavjud bo‘lib, tobelik shakllanishining umumiy qonuniyat-lariga egadirlar. Buning ustiga, tobelik shakllanishi natijasidagi buzilishlar hatto o‘ta og‘ir ham bo‘lishi mumkin. Biroq ularni suiiste’mol qilishning ijtimoiy xavfi hozircha uncha katta emas. Ruhiy faol vositalarga alkogol, ko‘knori mahsulotlari, kannabis, sedativ va uxlatuvchi moddalar, kokain, kofein, gallyutsinogenlar, tamaki, uchuvchan erituvchi moddalardan iborat kuchaytiruvchi moddalar kiradi.
Giyohvandlik – narkotiklar ro‘yxatiga kiritilgan moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan kasallik (tobelik). Zaharvandlik (toksikomaniya) – narkotiklarning rasmiy ro‘yxatiga kiritilmagan moddaga, ba’zan ruhiy, ba’zan esa jismoniy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladigan tobelik. Ularga bog‘liq bo‘lmagan holda narkotiklar yoki ruhiy-faol zaharli moddalarni suiiste’mol qilish giyohvandlik yoki toksikomaniya deb hisoblanmaydi. Bunday axloqni narkotizm yoki toksikomanik axloq, epizodik suiiste’mol qilish va boshqalar deb atash taklif etiladi. Psixologlar bu holda «addiktiv axloq» (inglizcha addiction) - halokatli odat, nuqsonli moyillik atamasini qo‘llaydilar.

Yüklə 273,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin