«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

« OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI »
FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
KONSEPTUAL ASOSLARI
«OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI»
FANINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI

Hozirgi kunda Respublikamizning rivojlanib yuqori cho`qqilarga chiqib yangi-yangi texnologiyalar, jihozlarni turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan kirib kelishi ularga ishlatiladigan xom-ashyolar, yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi mavjud xavflarni o`rganish ularni aniqlash usullarini yuqori saviyada olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.


Oziq-ovqat xavfsizligi fanini o`qitishning asosiy maqsadi va vazifalaridan biri bu oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom-ashyolar tayyor mahsulotlar tarkibidagi fizik kimyoviy o`zgarishlarni mavjud xavflarni o`rganish, ularni aniqlash usullarini yuqri olib borishni institutda olgan bilimlarini amalyotda qo`llash masalasi ya`ni oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlab olish bugungi kunning injner texnologlari oldida ko’yilgan asosiy vazifalardan biridir oziq-ovqat xavfsizligi faniga qo’yiladgan asosiy masalalar.
1. Xalq xo’jaligida ilmiy texnika taraqqiyoti umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarni ularda ishlatladigan xom ashyolar ularni tarkibiy qismini tadqiq qilish usullari hamda zamonaviy tadqiqot jixozlarini texnik tavsifini jarayonlarini mukammal ravishta bilish.
2. Umumiy ovqatlanish korxonalarida keng foydalaniladigan xom ashyolarning turlarini tayorlanadigan taomlarning texnologiyasi va ularning sifatiga qo’yiladigan talablar ekspertiza to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’lish.
3. Ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olish ularni saqlash fan va texnikaning so’ngi yutuqlaridan foydalanish yangi jixoz va uskunalarni qo’llash ishlab chiqarish xonalarida ish urinlarini belgilash samarali usullarni qo’llay olish uchun chuqur bilimga egа bo’lgan muxandis texnologlarning asosiy vazifalaridan hisoblaniladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi fani asosan biokimyo xayot faoliyati xavfsizligi mikrobiologiya, biotexnologiya asoslari asosiy texnologik jarayonlar va apparatlar hamda ixtisoslik fanlari bilan uzviy bog’liqligida olib boriladi
Bugungi kunda respublika sog’liqni saqlash vazirligi oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan birgalikda respublikamizda xalqning sog’lom turmush tarzi va salomatligi uchun hamkorlikda ish olib borib yuqori ko’rsatgichlarga erishib kelmoqdalar. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizliging muammolarini xalqaro miqyosda o’rganish davlat oziq-ovqat xavfsizligining ko`p pog’onali tizimini tashkil etish prinsiplarini mukammal ravishta o’rganib uni tadbiq etish jarayonlaring amalga oshirmoqdalar.
Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash qator mezonlar ishlab chiqarilgan bo`lib bu mezonlar umumiy ovqatlanish shahobchalarida qo`llanilib kelinmoqda. O`zbekistonda sog’lom ovqatlanishni to`g’ri tashkil etish sohasida davlat siyosat konsentsiyalari shular jumlasidandir. Ma`lumki kimyo, farmaseftika va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatini baholash laboratoriyada amalga oshiriladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda qo`llaniladigan tadqiqot usullari qulay sodda va tezkor bo`lishi shart bundan tashqari texnologik jarayonlarni buzilganligini aks ettiruvchi asosiy sifat ko`rsatkichlarini aniqlovchi usullari berilishi kerak. Har bir texnologik jarayonda mana shunday asosiy miqdor va sifat ko`rsatkichlar mavjud. Masalan: Moylar ishlab chiqarishda – Urug’ning moyliligi, moylarni rafinatsiya qilishda kislota soni, rangi, gidrogenizatsiya qilishda esa erish temperaturasi qattiqligi va hokazo.
"Oziq-ovqat xavfsizligi" ta`minlash uchun tadqiqot asosida to`liq aniq o`rtacha namuna olish yotadi. Chunki tadqiqot usuli qanchalik mukammal bo`lmasin ajratilgan namuna tahlil qilinayotgan moddani to`liq xarakterlansa tadqiqotni ma`nosi qolmaydi. Shuning uchun xavfsizligini ta`minlashning asosiy bosqichi namuna olish va uni laboratoriya nazoratidan o`tkazish bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin