«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun


GO‘ShTNI FIZIK-KIMYОVIY TEKShIRISh



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə84/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

GO‘ShTNI FIZIK-KIMYОVIY TEKShIRISh USULLARI
1. Mis sulfat bilan reaksiya qo‘yish.
Konussimon kolbaga 20 g qiyma solinadi, 60 ml distillangan suv qo‘shilib obdon aralashtiriladi. Kolba oyna bilan yopilib qaynab turgan suv hamommida 10 daqiqa davomida qizdiriladi. So‘ngra issiq bulon qalinligi 5 sm bo‘lgan zich paxta qavati orqali sovuq suvli stakanga solingan probirkaga filtrlanadi. Agarda filtratda oqsil parchasi qolgan bo‘lsa, u qaytadan filtr qog‘ozi orqali filtrlanadi.
Filtratsiyadan so‘ng probirkaga filtrlangan bulondan 2 ml quyiladi va mis sulfat tuzining 5 foizli eritmasidan 3 tomchi qo‘shiladi, 2-3-marta chayqatiladi va 5 daqiqa saqlanadi.
Eskirgan go‘sht buloni parchalar paydo bo‘lishi yoki ko‘k-zangori yoki yashil tusdagi yelimsimon quyqa cho‘kishi bilan xarakterlanadi.
2. Uchuvchan yog‘ kislotalari miqdorini aniqlash.
Analiz suv bug‘i bilan haydovchi priborda o‘tkaziladi. 25+0,01 g qiyma aylana tubli kolbaga solinadi. Uning ustiga 2 foizli sulfat kislotasi eritmasidan 150 ml quyiladi. Kolbadagi moddalar chayqatiladi va kolba tiqin bilan berkitiladi. Sovuqxona ostiga 250 ml sig‘imdagi konussimon kolba qo‘yiladi, uning 200 ml hajmi belgilanadi. Yassi tubli kolbadagi distillangan suv qaynashgacha olib boriladi va uchuvchan yog‘ kislotalari bug‘ bilan haydaladi, bu jarayon yig‘uvchi kolbaga 200 ml distilyat to‘plangunga qadar davom etadi. Haydash paytida qiyma solingan kolba qizdiriladi. Distilyatning to‘liq miqdori indikator (fenolftalein) solingan kolbada kaliy gidroksid (yoki natriy gidroksid) 0,1 eritmasi bilan yo‘qolmaydigan malina rangi paydo bo‘lgunga qadar titrlanadi.
Xuddi shunday sharoitda parallel ravishda reaktiv bilan distilyatni titrlash uchun ketadigan ishqor sarfini aniqlash uchun go‘shtsiz nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Uchuvchan yog‘ kislotalarining miqdori 100 g go‘shtga kaliy gidrooksidning milligrammdagi sarfi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bunda V — 0,1 n kaliy gidroksidning (yoki natriy gidroksidning) go‘shtdan haydalgan 200 ml distilyatni titrlash uchun sarflangan miqdori, ml;
Vo — kaliy gidrooksidning (yoki natriy gidrooksidning) nazorat tekshirishdagi 200 ml distilyatni titrlashga sarflangan miqdori, ml;
K — kaliy gidroksid (yoki natriy gidroksid) 0,1 n eritmasi titriga tuzatish;
5,61—1 ml 0,1 n eritmadagi kaliy gidroksidning miqdori, mg;
m — namuna massasi, g.
Sinov natijasi deb ikkita parallel aniqlashning o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi qabul qilinadi.
Hisoblash kaliy gidroksidning ko‘pi bilan 0,01 mg gacha xatolik bilan bajariladi.
Agarda go‘shtda 4 dan 9 mg gacha kaliy gidroksid hisobida uchuvchan yog‘ kislotalari mavjud bo‘lsa yangiligi gumonli, 9 mg dan ko‘p bo‘lganda esa—yangi emas deb hisoblanadi. Kaliy gidrooksid 4 mg gacha bo‘lgan uchuvchan yog‘ kislotalari mavjud bo‘lsa go‘sht yangi deb hisoblanadi.
3. Formalin bilan reaksiya qo‘yish (formalli reaksiya).
Go‘sht namunasi yog‘ va biriktiruvchi to‘qimadan tozalanadi. 10 g o‘lchanma olinib hovonchaga solinadi, qaychi yordamida yaxshilab maydalanadi, so‘ngra 10 ml fiziologik eritma va o‘yuvchi natriyning detsinormal eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Go‘sht dastak bilan eziladi, hosil bo‘lgan bo‘tqa shisha tayoqcha bilan kolbaga joylanadi va oqsillarni cho‘ktirish uchun qaynagunga qadar qizdiriladi. Kolba oqar suvda sovutiladi, so‘ngra kolbadagi massa otquloq kislotasining 5 foizli eritmasidan 5 tomchi qo‘shilib neytrallanadi va filtr qog‘ozi orqali probirkaga filtrlanadi. Agarda olingan suyuqlik loyqa bo‘lsa u qaytadan filtrlanadi va tsentrifugalanadi.
Ko‘rsatilgani singari tayyorlangan suyuqlikdan 2 ml probirkaga quyiladi va unga 1 ml neytral formalin qo‘shiladi.
Agarda filtrat tiniqligicha qolsa yoki biroz loyqalansa, u holda go‘sht sog‘lom hayvonni so‘yib olingan deb hisoblanadi, agarda filtrat zich cho‘kmaga aylansa yoki unda parchalar paydo bo‘lsa, u holda go‘sht kasal hayvonni so‘yishdan yoki agoniya holatiga tushgan hayvonni so‘yishdan olingan deb hisoblanadi.
4. Peroksidazga reaksiya qo‘yish.
Probirkaga go‘sht qiymasi va distillangan suvning 1:4 nisbatdagi aralashmasidan tayyorlangan filtratdan 2 ml olinadi, unga benzidinning 0,2 foizlik spirtli eritmasidan 5 tomchi qo‘shiladi, probirka chayqatiladi, so‘ngra perekis vodorodning 1 foizli eritmasidan ikki tomchi qo‘shiladi.
Agarda filtrat 1-2 daqiqa ichida qo‘ng‘ir-malla tusga o‘tuvchi ko‘k-yashil rangga kirsa go‘sht yangi deb hisoblanadi (ijobiy reaksiya).
Agarda filtrat maxsus ko‘k-yashil rangga kirmasa yoki birdaniga qo‘ng‘ir-malla rang paydo bo‘lsa go‘sht yangi emas deb hisoblanadi (salbiy reaksiya).
5. Go‘shtning rN ko‘rsatkichini aniqlash.
Go‘shtning rN ko‘rsatkichi ikki usulda aniqlanadi:
potensiometr (rN — metr) bilan 1:10 nisbatdagi aralashmadan tayyorlangan suvli filtratida. Aralashma 30 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda tindiriladi va qog‘oz filtr orqali filtrlanadi;
“Status” — “Stilet” qayta o‘zgartirgich yordamida “Asbob bilan ishlash uslubi”ga muvofiq rN — metr usulida.
6. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari yangiligini lyuminetsent usulida aniqlash.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining yangiligini lyuminetsent usulda aniqlash “Filin” lyuminoskopi yordamida, unga ilova qilingan “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini lyuminetsent tekshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma”ga muvofiq o‘tkaziladi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin