Oziq-ovqat texnologiya va muhandisligi xalqaro instituti


-mavzu. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va potensiallari



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə4/13
tarix10.09.2023
ölçüsü150,5 Kb.
#142565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Muvaqqat dastur ATOTES Kimyo-1,2

11-mavzu. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va potensiallari
Oksidlanish-qaytarilish reaksialarining turlari. Asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sodir bo‘lishida muhitning roli. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish usullari.
12-mavzu. Elektroliz jarayonlari. Metallar korroziyasi va uning oldini olish usullari
Elektroliz jarayonlari. Elektroliz natijasida vujudga keladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektrolit moddalarning suyuqlanmalarini va suvdagi eritmalarini elektrolizi. Faradey qonunlari. Sanoatda elektroliz jarayonlarining qo‘llanilishi. Metallar korroziyasining turlari va xalq xo‘jaligi uchun keltiradigan zararlari. Korroziyaga qarshi kurash - qoplash, kimyoviy, elektrokimyoviy va issiqlik ishlov berish usullari. Ingibitorlar.
13-mavzu. Koordinatsion birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha. Koordinatsion birikmalar tarkibi: ligandlar, kompleks hosil qiluvchi markaziy atomlar va ularning koordinatsion sonlari. Koordinatsion birikmalarning ichki va tashqi sferasi. Koordinatsion birikmalkarning dissotsialanishiga qarab sinflanishi. Koordinatsion birikmalarning tarkibidagi ligandlar tabiatiga qarab turlarga bo‘linishi. Koordinatsion birikmalar izomeriyasi. Koordinatsion birikmalar beqarorlik doimiysi. Koordinatsion birikmalar hosil boMishida kvant-mexanik nazariyalar. Valent bog’lanish usuli. Koordinatsion birikmalarning texnologik va kimyoviy nazoratlarda ishlatilishi.
14-mavzu. I,II- guruh elementlarining umumiy hossalari
Elementlar sistemasining birinchi guruh elementlarining umumiy xarakteristikasi. Ishqoriy metallar va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy hossalari. Gidridlar, oksidlar, peroksidlar, gidroksidlar va asosiy birikmalarning hossalari, olinishi va xalq xo‘jaligida ishlatilishi.
Elementlar sistemasining ikkinchi guruhsi elementlarining umumiy xarakteristikasi. Berilliy, magniy, ishqoriy yer metallari, elektron formulas!, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Karbidlar, oksidlar, gidroksidlar, asosiy birikmalari va ularning xossalari, ahamiyati. Suvning qattiqligi va uning yo‘qotish usullari.

Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin