Ozuqa muhiti


Ozuqa muhitining turlari va ularning tayyorlash uslubi



Yüklə 61 Kb.
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü61 Kb.
#181492
1   2   3   4   5   6   7
BIOTEXOLOGIYA OZUQA MUHITI

2.Ozuqa muhitining turlari va ularning tayyorlash uslubi. Laboratoriya sharoitida mikroorganizmlarni o’stirish uchun har bir mikroorganizmning fiziologik guruhlariga ko’ra maxsus oziqa muhitlari tayyorlanadi. Shu sababli har bir mikroorganizmni ajratish va xususiyatini o’rganishda oziqani tarkibi, konsistentsiyasi, kelib chiqishi va ishlatilishi har xil bo’lgan oziqa muhitlari kerak bo’ladi. Oziqa muhitlari tabiiy yoki sun’iy bo’ladi.
Tabiiy oziqa muhitlariga sut, tuxum, go’sht, sabzavotlar va boshqalar kiradi.
Sun’iy – oziqa muhitlari alohida retseptlar, o’simlik va hayvonlarning qaynatmalari qo’shilgan holda neorganik tuzlar, uglevodlar qo’shilib tayyorlanadi.
Sintetik – oziqa muhitlari asosan kimyoviy toza moddalarning (tuzlar, uglevod, aminokislota va vitaminlar va boshqalar) aniq nisbatlarida olingan holda tayyorlanadi.Oziqa muhitlari konsistentsiyasiga ko’ra suyuq, yarimsuyuq va qattiq bo’ladi. Suyuq oziqa muhitlari asosan suvdan va unda suyultirilgan moddalardan iboratdir (go’sht suvi, go’sht-pepton buloni, kartoshka suvi). qattiq oziqa muhiti suyuq oziqaga jelatin (10-15%) yoki agar-agar (1-2%) qo’shib tayyorlanadi. Yarimsuyuq oziqa muhitini tayyorlashda jelatin yoki agar-agardan kam miqdorda solinadi. Oziqa muhitlari belgilariga qarab oddiy, maxsus, elektiv va differentsial-diagnostik shaklda tayyorlanadi.
Oddiy oziqa – ko’pgina mikroorganizmlarni o’stirish uchun ishlatiladi. Bularga dukkakli pepton buloni, go’sht-pepton buloni va go’sht pepton agari kiradi.
Maxsus oziqa – alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni ajratish uchun tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti anaerob mikroblar uchun, Chapeka oziqa muhiti esa zamburug’lar uchun tayyorlanadi.
Elektiv oziqa – bitta turga mansub mikrob uchun tayyorlanadi,boshqa mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida o’smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib ketadi. Bunday oziqa muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig’ma oziqa muhiti misol bo’ladi va ko’pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir.
Differentsial - diagnostik oziqa - mikroblarning biokimyoviy xususiyatlarini o’rganishda va ba’zi mikroblarning sof kulturasini ajratishda qo’llaniladi. Differentsial diagnostik oziqa muhiti mikroblar tomonidan ajratiladigan oqsil va uglevodlarni parchalanishini va oksidlanish, qaytarilish reaktsiyalarini yuzaga keltiruvchi fermentlarni aniqlashda qo’llaniladi. Bunga suyuq, uglevodli Giss oziqasi va Endo, Levin indikatorli qattiq oziqa muhiti misol bo’ladi. Hozirgi vaqtda oziqa muhitlarni tayyor retseptlar bilan fabrikalarda quruq poroshok yoki suyuq kontsentratsiya holida chiqarilmoqda.Har bir mikroorganizmlarni o’stirish uchun tayyorlangan oziqa muhiti quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Mikroblar uchun kerakli oziqa moddalar, azot, uglerod, kislorod va suv, neorganik tuzlar bo’lishi kerak.

  2. Mikroblar erigan holda oziqa moddalarni qabul qilgani uchun ular nam bo’lishi kerak.

  3. Yod mikroblardan holi qilish uchun sterillangan bo’lishi shart.

  4. Oziqa muhiti tiniq bo’lishi kerak, sababi u mikroorganizmlarni o’sishini kuzatish uchun qulaydir.

  5. Oziqa muhiti rN reaktsiyasiga to’g’ri kelishi kerak.


Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin