Ozuqa muhiti


Ozuqa muhiti va tayyorlash usullari



Yüklə 61 Kb.
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü61 Kb.
#181492
1   2   3   4   5   6   7
BIOTEXOLOGIYA OZUQA MUHITI

Ozuqa muhiti va tayyorlash usullari. Mikroorganizmlarning toza ekmasini olish, va ularning morfologik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, mikroorganizmlarning laboratoriya sharoitida toza ekma sifatida saqlanishi uchun ozuqa muhiti zarurdir.
Ozuqali muhitlar tarkibiga qarab tabiiy, su’niy va sintetik bo‘ladilar. Tabiiy ozuqa muhiti – hayvonat va o‘simlik dunyosiga mansub narsalardan (sut, tuxum, sabzavot, jonivorlarning to‘qimasi, o‘t va qon zardobi ) olingan tabiiy mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Su’niy ozuqa muhiti esa maxsus retseptlar asosida hayvonat qoldiqlari yoki turli – tuman qiyomlarga noorganik tuzlar, uglevodlar va azot moddalarini qo‘shib tayyorlanadi. Sintetik muhit esa muayan kimyoviy birikmalar mahsulidir. Muhitlar konsistensiyasi, ya’ni – suyuqlik va zichlik darajasiga ko‘ra suyuq, atalasi- mon,quyuq, sochiluvchan va quruq tiplarga bo‘linadi. Ozuqa muhitlari qo‘lla- nilishi maqsadiga ko‘ra odatdagi ( oddiy ) maxsus, elektiv va differen- sial – diagnostika kabi tiplarga bo‘linadi.
Oddiy oziqa muhitlar va ularni tayyorlash.
1.Go‘sht suvini tayyorlash: suyaklardan, yog‘lardan, paylardan tozalangan 500 gr go‘shtni mayda bo‘lakchalarga bo‘linadi yoki myasaropkadan o‘tkaziladi 1 litr vodoprovod suvi qo‘shiladi 2 marta ko‘p .
2. 1 sutkaga sovug‘roq joyda qoldiriladi yoki termostatga 340 S da 2 soat qo‘yiladi. 3.Go‘sht dokadan o‘tkaziladi.
4. 5 – minut past olovda qaynatiladi va tindiriladi.
5. Paxtali filtrdan o‘tkaziladi va birinchi boshdagigacha miqdorda suv qo‘shiladi.
GPSH NI TAYYORLASH / GO‘SHT PEPTONLI SHO‘RVA /
1.1 –litr go‘sht suviga 10 gr pepton / 1 % / va 5gr NaCI / 0,5 / solinadi va isitilib eritiladi. Shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi.
2. 0,01 % li soda eritmasi bilan lakmusda kuchsiz miqdoriy reaksiyani aniqlaydi, bunda qizil lakmus qog‘ozi qizaradi.
3.Past oloda 30 – 40 minut qaynatiladi.
4. Sovutilishga qo‘yiladi. Qog‘oz filtr orqali filtrlanadi va 1 chi miqdoriga yetguncha suv qo‘shiladi.
5.Kolorimetr orqali pH muhit aniqlanadi va uni 7,4 – 7,6 gacha yetkaziladi. Uni 10 % li ishqor eritmasi bilan agar reaksiya kislotali bo‘lsa yoki HCI kislota bilan reaksiya ishqoriy bo‘lsa.
6.Qaytadan qaynatiladi va filtrlanadi.
7. 1200 S avtoklavda 15 – 20 minut sterillanadi.
8. Sterillashdan oldin tayyorlangan sho‘rvani shisha voronka orqali qo‘yiladi.
3-rasm



Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin