P a r a z I t o L o g I ya


Kirish. Parazitologiya fanining predmeti va vazifalari. Parazitologiyaning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Kirish. Parazitologiya fanining predmeti va vazifalari. Parazitologiyaning 
qisqacha rivojlanish tarixi. 
 
Mavzu rejasi: 
1.
Parazitologiya fanining predmeti va vazifalari. 
2.
Parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 
3.
Parazitizm haqida tushuncha. 
4.
Parazitizm, kommensalizm, mutualizm va simbioz to’g’risida tushunchalar. 
5.
Xo’jayin - parazit munosabatlarining shakllari. 
Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - 
tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) - kompleks biologiya fanining bir 
tarmog’i hisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi 
o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va 
o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu 
kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan. 
Parazitologiya 
parazitlar 
morfologiyasi, 
anatomiyasi, 
gistologiyasi, 
fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda 
parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi.



Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra, 
ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya 
deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa 
parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o’rgatadi. 
Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan 
kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) 
va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi 
kurash choralarini o’rgatadi. 
Umuman, parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi, 
veterinariya parazitologiyasi, agronomiya (o’simliklar) parazitologiyasi va umumiy 
parazitologiyaga bo’linadi. Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya 
soxasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Parazitlarning tavsifi, 
morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa, 
ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini 
o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya, 
virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, 
bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar 
shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi. 
Parazitlar xaqidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. 
Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida xaqida 
qo’lyozmalar saqlangan. Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan atoqli olim va 
shifokor Gippokrat birinchi bo’lib fanga "askaridoz" degan tushunchani kiritgan. U 
odamlarda uchraydigan askarida, ostrisa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan 
birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gel’mintlarni 
invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki o’z-o’zidan vujudga keladigan 
biror kasallikning oqibati deb noto’g’ri tushuncha bergan. 
Eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan yunon faylasufi Arastu 
qoramollardagi exinokokkoz, cho’chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va 
ostrisasi to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Eramizdan oldingi 116-27 yillarda 
yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to’qayzorlarda boqqanda og’iz va 
nafas yo’llari orqali mol organizmiga ko’zga ko’rinmaydigan parazitlar kirib kasallik 
qo’zg’atadi deb fikr yuritgan. Eramizdan oldin va eramizning dastlabki yillarida 
qo’tirga qarshi oltingugurt, gel’mintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi 
dorilarni ishlatganlar. Parazitlar to’g’risidagi ayrim ma’lumotlar bir qancha 
olimlarning qo’lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan 
ofat deb, bu kasalliklarni "davolash" uchun xudoga sig’inish, iltijo qilish kerakligini 
aytishgan. 
Ko’p asrlar davomida olimlar faqat ko’zga ko’rinadigan parazit chuvalchanglar 
va tashqi parazitlarni ta’riflash bilangina chegaralanib kelganlar. Ko’zga ko’rinmas 
parazitlar to’g’risidagi ilk ma’lumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida 
uchraydi. 
XVII asrning o’rtalariga kelib Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida 
tajribalar o’tkazadi va chivin bilan bo’kalarning tuxumdan rivojlanishini isbot qilib, 
parazitlar tasodifan o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan nazariyaga zarba berdi. 



Golland tabiatshunosi A. V. Levenguk (XVII asrning oxir-larida) mikroskop 
ixtiro qilib, butun biologiya soxasida yangi davrni boshlab berdi. Lekin 17-18 
asrlarda parazitlarning faqat morfologik tuzilishi o’rganilgan xolos. 
Parazitologiyaning 
taraqqiyotiga 
mikroskopning 
va 
mikroskopik 
tadqiqotlarning takomillashuvi yordam beradi, shu tufayli 19 asrda parazitologiya fan 
sifatida shakllandi. 
Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o’rganila boshlandi va 
eksperimental parazitologiyaga asos solindi. 19 asrning ikkinchi yarmidayoq turli 
kasalliklarni qo’zg’atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. 
Keyinroq esa xasharot va kanalarning ba’zi kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini 
tarqatishdagi roli, shuningdek, faqat odamga xos bo’lgan parazitar kasalliklar ham 
aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E. A. 
Ostrovskiy, A. P. Fedchenko, E. K. Brandt, N. M. Melnikov, I. I. Mechnikov, F. A. 
Lesh; nemis olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan 
R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi SH. 
Nikol va boshqalar katta xissa qo’shdilar. 
Sobiq ittifoqda ham parazitologiya soxasida bir qator ilmiy maktablar vujudga 
keldi. Akademik K.I.Skryabin sobiq ittifoq gel’mintologlari maktabini yaratdi. 
Akademik E.N.Pavlovskiy va L.A.Zil’berlar umumiy parazitologiya, o’lka 
parazitologiyasi muammolarini o’rgandi va transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai, 
organizm parazitlar yashash muhiti ekanligi va parazitosenozlar xaqidagi 
nazariyalarni yaratdi. Professor V.A.Dogel’ ekologik parazitologiyaning asoschisi 
hisoblanadi. U izdoshlari bilan parazitologiyaning umumiy masalalarini, baliq 
parazitlarini, parazit bir hujayrali hayvonlarni, professor V.L.Yakimov va boshqa bir 
gurux olimlar odam va hayvonlarning piroplazmidozlar, leyshmaniozlar, otqarshi 
kurash choralarini ishlab chiqdilar. Tibbiyot parazitologiyasi soxasida ayniqsa, 
bezgakni va boshqa parazitar kasalliklarni yo’qotishda juda katta ishlar amalga 
oshirildi. 
O`zbekistonda parazitologiya bo’yicha ilmiy ishlar O`zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya institutida, O`RFAning Qoraqalpog’iston 
filiali 
institutlarida
O`zbekiston 
milliy 
universitetida, 
Samarqand 
davlat 
universitetida, O`zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish institutida, Samarqand 
qishloq xo’jalik institutida, O`zbekiston tibbiyot parazitologiyasi hamda O`rta Osiyo 
fitopatologiya institutlarida, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib 
borilmoqda. O`zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida N.B.Badanin, 
O`RFA akademiklari A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, E.X.Ergashev, J.A.Azimov, 
professorlar 
S.N.Bobojonov, 
N.M.Matchonov, 
SH.A.Azimov, 
A.O.Oripov, 
M.Aminjonov, E.I.Gan, M.K.Qodirova, S.O.Osmanov, V.M.Sodiqov, o’.U.Uzoqov, 
Z.N.Norboev, O.M.Mavlonov, T.Q.Qobilov, A.R.Ro’zimurodov, S.Dadaev va 
ularning shogirdlari muhim ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. 
Parazitizm (yunoncha parasitos - tekinxo’r, hamtovoq) - har xil turga mansub 
organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat usullaridan biri. Bunda organizmlaridan 
biri (parazit) ikkinchisi (xo’jayin)dan yashash muhiti va oziqa manbai sifatida 
foydalanib, unga zarar etkazadi. Hayvonlar har xil guruxlarni tashkil etib, birgalikda 
hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do’stlik va antogonistik munosabatda 



yashaydilar. Betaraf munosabatda yashaydigan organizmlar ko’pincha qo’shni yoki 
birgalikda yashasa ham tasodifan bo’lak-bo’lak bo’lib hayot kechiradi, bir-biriga 
foyda ham, zarar ham keltirmaydi. Bularga marjon poliplar, dengiz yulduzlari, dengiz 
nilufarlari misol bo’ladi. Do’stlik munosabatdagi simbiozda yashaganda organizmlar 
bir-biriga foydali yoki faqatgina biri foydalanib, ikkinchisi betaraf munosabatda 
(simbiozda) bo’ladi. 
Bir-biriga foydali simbiozda bo’lib yashash mutualizm deyiladi. Bunda ikki 
organizm ham bir-biriga foyda keltiradi. Masalan, aktiniy zahar bezlaridan zahar 
sochib, zoxid qisqichbaqani dushmanidan ximoya qiladi, lekin u ham o’z navbatida 
qisqichbaqaning qisqichlariga yopishib, undan transport vositasi sifatida foydalanadi, 
oziqlanishi uchun o’ziga sharoit yaratadi. 
Bir tomonlama (simbioz) munosabatda bo’lganda ikki organizm birga yashasa 
ham ulardan faqat bittasi foyda ko’radi. Ikkinchisi foyda ham , zarar ham ko’rmaydi. 
Bunday munosabatlarga ijarada hamda kommensal bo’lib yashash yaqqol misol 
bo’ladi. 
Ijarada birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi. 
Masalan, gorchak balig’i o’z ikralarini tishsiz mollyuska mantiyasi ichiga qo’yib, 
dushmanlaridan ximoya qiladi. Kommensalizm ko’rinishdagi munosabatda bir 
organizm ikkinchi organizmdan qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar 
qilmaydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya’ni synoikia yunoncha yashash joyi demakdir. 
Masalan, kichkina xalqali chuvalchang zoxid qisqichbaqa joylashib olgan 
chig’anoqlarda yashab, qisqichbaqadan qolgan oziqa hisobiga ovqatlanadi yoki 
yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan akulaga yopishib passiv harakat qiladi, undan 
qolgan oziqlar hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa 
joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ham ataladi. 
Dushmanlik (antogonistik) munosabatda (simbiozda) ikki organizm birga 
yashab, bir-biriga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitizm misol bo’ladi. 
Ular parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Lekin yirtqich bilan 
parazitizm bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o’z o’ljalaridan kuchli 
bo’lib, ularni o’ldirib to’liq yoki qisman iste’mol qiladi (masalan, bo’ri bilan qo’y). 
Parazit esa o’z xo’jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o’ldirishga kuchi 
etmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o’z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha 
yashab, uning hisobiga hayot kechiradi. Ayrim xollarda giperparazitizm (o’ta 
parazitlik) uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. 
Masalan, ayrim bir hujayrali hayvonlar - sporalilar (nozemalar) toksakara degan 
nematodaning jinsiy organlarida yoki bunostomalar monieziy tanasida parazitlik 
qiladi. 
Kamdan-kam xolda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim 
organizmlar evolyusion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga 
tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yasholmaydi (masalan, yomg’ir 
chuvalchangi hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin). Chuchuk suvda 
yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutemizuvchilar 
uchun parazit hisoblanadi. 
Xozirgi vaqtda er yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo’lsa, 
shuning 6 foizini parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 3500 dan 



ortiq turi, so’rg’ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, tasmasimon chuvalchanglarning 
1800 turi, tikanboshli chuvalchanglarning 500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining 
3000 dan ortiq turlari va bo’g’imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qismi 
ham parazitlardir. 
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo’jayini 
tanasining sirtida yashaydi) va ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo’jayini 
tanasining ichki to’qima yoki bo’shliqlarida yashaydi) bo’linadi. Bundan tashqari 
parazitlarni parazitlik qilish muddatiga ko’ra vaqtinchalik va doimiy (stasionar) 
parazitlarga bo’lish mumkin. 
Vaqtinchalik parazitlar odatda tashqi muhitda yashaydi va ko’payadi. 
Hayvonlarga faqat oziqlanish uchun xujum qiladi (masalan, so’nalar, kanalar va 
boshqalar). 
Doimiy parazitlar odatda xo’jayin organizmi ichki organlarida yoki teri ustida 
uzoq vaqt parazitlik qiladi, ayrim xollarda xo’jayini tanasida umrining oxirigacha 
yashaydi. Bularga ko’pgina parazit chuvalchanglar, bo’kalar, bitlar, qo’tir kanalarini 
kiritish mumkin. 
Parazitlarning vaqtincha yoki doimiy o’z hisobiga oziqlantiradigan organizm 
parazitning xo’jayini deb ataladi. Odatda definitiv (xaqiqiy, asosiy), oraliq, 
qo’shimcha va rezervuar xo’jayinlar farq qilinadi. SHuningdek, obligat hamda 
fakul’tativ xo’jayinlar ham uchraydi. Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’lgan 
organizm parazitning obligat yoki xaqiqiy xo’jayini hisoblanadi (jigar qurtining 
xaqiqiy xo’jayini qo’y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit etarli 
bo’lmagan organizm fakul’tativ xo’jayin deyiladi (o’rdaklarda drepanidoteniylar). 
Parazitning jinsiy voyaga etgan davri yashab, uning jinsiy yo’l bilan ko’payadigan 
davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo’jayin, parazitning lichinkalik davrida 
yashaydigan va ko’payishi jinssiz yo’l bilan kechadigan hayvonlar oraliq xo’jayin 
deyiladi. Rezervuar xo’jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo’lgan 
kasal qo’zg’atuvchilarini o’zida tutgan hayvonlarga aytiladi. 
YUqumli kasalliklar asosan infeksion va invazion kasalliklarga bo’linadi. 
Hayvonot dunyosidan paydo bo’ladigan parazit chuvalchanglar, o’rgimchaksimonlar, 
xasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo’zg’atiladigan kasalliklar 
invazion yoki parazitar kasalliklar deyiladi. Infeksion kasalliklar esa invazion 
kasalliklardan farq qilib, o’simliklar dunyosidan paydo bo’ladigan bakteriyalar, 
fil’trlanuvchi viruslar, zamburug’lar hamda rikketsiyalar tomonidan qo’zg’atiladi. 
Invazion kasalliklar hayvonlarga asosan alimentar (parazitlarning tuxum va 
lichinkalari chorva mollariga passiv xolatda em-xashak, suv, oraliq xo’jayini orqali 
og’iz, oshqozon va ichakka tushadigan parazit chuvalchanglar, koksidiyalar, 
balantidiylar), kontakt (parazitlar kasal hayvonlardan sog’ mollarga ular birga 
boqilganda va molboqarlar orqali, trixomonoz va boshqalar), perkutan yo’li bilan 
(ankilostoma 
lichinkalari, 
qon 
suruvchi 
bo’g’imoyoqlilar, 
piroplazmid, 
tripanosomalar, onxoserka, parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi), burun 
teshigi, ko’z orqali (estroz, telyazioz), ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga 
kindik orqali o’tadi - neoaskaridalar, taksokaralar) va boshqa yo’llar orqali yuqadi. 



Bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan bo’g’imoyoqlilar, 
asosan qon so’ruvchilar orqali sog’lom kishilarga yuqadigan infeksion kasalliklar 
(bezgak, tepkili terlama va boshqalar) transmissiv kasalliklar deyiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin