10
chaqiruvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi joylashish joyiga qarab
shakli har xil bo’ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz,
intensiv ravishda ko’payib psevdosistalar xosil qiladi. Parazitlar
kasallik tarqatuvchi
organizmida va sun’iy usulda o’stirilganda xivchinli shaklda bo’ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so’radigan Triatoma infestans
qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun
davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o’ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri
davomida (2 yil umr ko’radi) o’zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli
hisoblanadi.
Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari,
jaroxatlar orqali faol yo’l bilan o’tadi.
Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi
uxlab yotganida xujum qilib, lab, ko’z va burunning shilimshiq
qatlamlaridan qon
so’rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko’pincha tripanosomalar bilan ifloslangan
axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan
odamga o’tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida
bir-ikki xafta
yashab, ko’paya boshlaydi. So’ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon
tomirlarga o’tadi va butun organizmga tarqaladi. SHu davrda odamning tana harorati
ko’tariladi, parazitlar yurak, nerv, xazm sistemasi va retukulo-endotelial organlarning
hujayralariga o’tib, u erda yashab qoladi. Kasallikning belgilariga tana haroratining
ko’tarilishi, jigar
va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar
kiradi. Keyinchalik ularga meningo-ensefalit va miokardit qo’shilishi mumkin. Besh
yoshgacha bo’lgan bolalarda chagas kasalligi juda og’ir o’tib, o’limga olib kelishi
mumkin. Ayrim ma’lumotlar bo’yicha 14% gacha bemorlar ushbu kasallikdan o’ladi.
Kasallik
onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug’ma ham bo’lishi
mumkin). Chagas kasalligi ko’pincha qishloqlarda ko’p tarqalgandir. Ayniqsa
sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda, chang,
iflos joylarda
triatom qandalalarning lichinkalari ko’rinmasdan bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib,
og’ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda
parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo’zg’atadi. Nagana
kasalligining tarqatuvchisi so’nalardir. qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekistonda va
Ural viloyati cho’llarida tuyalar, otlar va eshaklarda Trypanosoma
evansi parazitlik
qilib, og’ir "suv og’rig’i" kasalini keltirib chiqaradi. Bu parazitning ham tarqatuvchisi
so’nalar hisoblanadi. Otlarda Trypanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish
(qochirish) kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga
jinsiy aloqa orqali o’tadi.
Tripanosomalarning ayrim turlari o’simlik to’qimalarida ham parazitlik qilishi
mumkin. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti
bargi to’qimalarida parazitlik qilib, bargning sarg’ayib to’kilishiga, ba’zan
qurib
qolishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: