“P-blok elementlarining biologik ahamiyati” Tayyorladi: Safarova E'zozxon



Yüklə 12,65 Kb.
səhifə3/5
tarix26.12.2023
ölçüsü12,65 Kb.
#197724
1   2   3   4   5
“P-blok elementlarining biologik ahamiyati”-fayllar.org

Xlor- makroelement bo‘lib, faol metalloid, sariq tusli o ‘tkir hidli gaz. U nafas olish yo ‘llariga ta’sir etadi, yo‘tal va qizib achishish, hatto, bo‘g‘ilishgacha olib keladi. Shuning uchun uning havodagi miqdori 0,001mg/l dan oshmasligi zarur. Hujayraning tashqi suyuqligida bo‘ladi va xlorid kislota hosil qilishda ishtirok etadi. Me’da shirasining 0,4-0,5% ini tashkil etadi, u oqsillarning gidrolizini tezlashtiradi, protolitik fermentlaming faolligini oshiradi, bakteriotsid xususiyatga ega. Odam organizmida, taxminan, 0,25% xlor ioni mavjud. Bu ionlar hujayra membranalarining elektr o‘tkazuvchanligiga ta’sir etadi, qon bufer sistemasining hosil bo‘lishida, suv-tuz almashinuvida qatnashadi.

Brom tabiatda ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning bromidlari ko‘rinishida uchraydi. Bundan tashqari, u dengiz, tuproq va yer osti suvlarida uchraydi. Faol metalloid, xona temperaturasida harakatchan to‘q-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik, parlanganda bo‘g ‘uvchi hidli, qo‘ng‘ir-qizil rangda. Teri, ko‘z, nafas yo ‘llarini zararlaydi. U k o ‘pgina organlarda uchraydi, gipofizda uning ta’siri faol ekanligi seziladi.Brom organizmga oziq-ovqat bilan kirib (sutkasiga 7,5mg), to‘qimalarda va qonda to‘planadi. Brom organizmning jinsiy gormonlarida uchraydi. Asosiy ijobiy ta’siri markaziy nerv sistemasi tormozlanishini kuchaytiradi. Bromning organik birikmalari tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Yod - tabiatda natriy va kaliy yodidlar ko'rinishida uchraydi. Yod modda almashinuvida muhim vazifalarni bajaradi. U, asosan, qalqonsimon bezda (15 mg) to‘planadi. Piyoz va dengiz balig‘i tarkibida uchraydi. Yod tiroksin va triyodtironin gormonlarining asosiy tarkibini tashkil etadi. Yod organizmda ortib ketsa, qalqonsimon bez faoliyati buziladi, u gormonlar ishlab chiqarilishini keskin kamaytiradi. Molekular yod mikrobga qarshi ta’sirga ega, uning eritmalari bilan yaralarga ishlov beriladi. Tibbiyotda yodning 5-10% li spirtli eritmasi mikroblarga qarshi kurashda qo‘llanadi. Yod organizmga so'rilib, modda almashinuviga faol ta’ sir ko‘rsatadi, dissimilatsiya jarayonini tezlashtiradi, tiroksin sintezida ishtirok etib, qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilaydi. Organizmning unga sutkalik ehtiyoji 0,1 mg ni tashkil qiladi


Yüklə 12,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin