“P-blok elementlarining biologik ahamiyati” Tayyorladi: Safarova E'zozxon



Yüklə 12,65 Kb.
səhifə2/5
tarix26.12.2023
ölçüsü12,65 Kb.
#197724
1   2   3   4   5
“P-blok elementlarining biologik ahamiyati”-fayllar.org

Kislorod ham makroelementlardan biri bo ‘lib, organizmda 65% ni tashkil etadi. U uglevodlar, oqsillar, barcha organlar, biologik suyuqliklar va boshqalar takribida bo‘ladi. Kislorodga boy bo‘lgan keng tarqalgan modda suv hisoblanadi. Suv faqat hayotiy jarayonlar kechadigan muhitgina emas, balki kimyoviy, biologik jarayonlarda ham faol ishtirok etuvchi moddadir. Kislorod karbonat kislota bilan birgalikda nafas olish va qon tomir harakati markazlarini ishga soladi. U g‘ovvoslik, o ‘t o ‘chiruvchilik va tog‘-kon qurilmalarida (nafas olish uchun) va tibbiyotda keng qo‘llanadi.

Fosfor azot kabi organizm uchun muhim element hisoblanadi. Organizmga o'simliklar orqali tushadi. Odam organizmida fosfor 1,16% ni tashkil etib, uning 86%i qiyin eruvchi kalsiy fosfat ko‘rinishida suyak va tishlarda boiadi. Fosforning bir qismi yumshoq to‘qimalar tarkibiga kiradi. Fosfat kislota yuqori energetik birikmalar hosil boiishida asosiy rol o‘ynaydi (masalan ATF, uglevod almashinuvida ham), DNK, R N K tarkibiga kiradi, fosfolipidlar, bufer sistemalar tarkibiga kiradi. Bir sutkada organizm 2,94 g fosfor talab qiladi. Uning katta qismi sut, go ‘sht, parranda, baliq, non, sabzavotlar orqali organizmga tushadi. Bu mahsulotlardagi fosforning 70%i organizmga so‘riladi.

Oltingugurt- odam organizmining 0,16% ini tashkil qiladi. U organizmning almashtirib bo‘ lmaydigan komponenti hisoblanadi, chunki u ko‘pgina oqsillar, aminokislotalar, gormonlar, vitaminlar, nuklein kislotalar va h.k. tarkibiga kiradi. Tirik organizmda oltingugurtli aminokislotalar sulfatlargacha, qisman tiosulfatlargacha oksidlanadi va elementar oltingugurt ham hosil bo‘ladi.

Ftor yer po‘stida keng tarqalgan bo‘lib, asosan, birikmalar tarkibida uchraydi. Oziq-ovqatlar bilan organizmga sutkasiga 1 ml miqdorda tushadi. Suvdagi ftor miqdori odam va hayvonlar tishiga ta’sir ko‘rsatadi. Normal holatda 1l suvda 1 ml ftor bo‘lishi kerak, suvda ftor miqdorining kamayishi karies (tish chirishi)ga olib keladi. Ftor organizmda kalsiy, magniy va boshqa ferment sistemalarining aktivatorlari bilan kompleks holda bo‘ladi. Organizmga ko‘p miqdorda ftor kiritilsa, yodning о‘rnini egallab, qalqonsimon bez faoliyatini buzadi. Ftor ko‘pgina neyroleptik preparatlar tarkibiga kiradi, ftorfenazin shizofreniyada ishlatiladi. Ftor uratsil, ftorafur kabi preparatlar yomon oqibatli o ‘ simtalarda, ftoronat yallig‘Ianish va allergik teri kasalliklarida ishlatiladi.


Yüklə 12,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin