“P-blok elementlarining biologik ahamiyati” Tayyorladi: Safarova E'zozxon



Yüklə 12,65 Kb.
səhifə4/5
tarix26.12.2023
ölçüsü12,65 Kb.
#197724
1   2   3   4   5
“P-blok elementlarining biologik ahamiyati”-fayllar.org

Aluminiy (Al). Aluminiy odamning organ va to‘qimalari tarkibiy qismiga kiradi. Havodagi miqdori 0,5 mg/dm3 dan oshmasligi kerak. Aks holda, u biologik faol moddalar metabolizmini buzadi. Aluminiy ichakda fosfatlar bilan birikib, to ‘qimalardagi m odda alrnashinuvining buzilishiga sabab bo'ladi. Organizmda uning miqdori ortib ketishi suyaklarda raxit kasalligini keltirib chiqaradi. U bosh miya, o‘pka, jigar, taloq, buyrak va suyaklarda ko‘p miqdorda to‘planadi. Aluminiy to‘qima oqsillari bilan barqaror birikma hosil qilib, modda almashinuvini buzadi. Aluminiy fermentlar faolligini susaytiradi. Kompleks hosil qilish xususiyatiga ko‘ra gemoglobin sintezini to ‘xtatadi, qon hosil bo'lishidagi fermentlar faoliyatini susaytiradi. Aluminiy magniy ionlariga antagonist bo'lib, ribosomalarning makro tuzilishini buzadi va nuklein kislotalar sinteziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda, saraton kasalligi rivojlanadi. Aluminiyning organizmda ko‘payishi neyrotoksik zaharlanishni keltirib chiqaradi. Uning dorivor preparatlari bogiovchi va dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega.

Qo‘rg‘oshin (Pb). Havoda 0,01 mg/kg bo'lganda, letal holat keltirib chiqaradi. U motor yoqilg‘isi tarkibida bo‘lib, atmosferada yig‘iladi va havoni ifloslaydi. Shu yo‘l bilan organizmga kiradi. Q o‘rg ‘oshin hujayralarning protoplazm asi uchun zaharli hisoblanadi. Nafas olish organlarida uning bug'lari to‘planadi va o ‘pkaga so‘riladi. Qo‘rg‘oshinning asosiy qismi qizil qon tanachalarida to‘planadi (40-45%). Qo‘rg‘oshin ionlari organizmga tushib, miyada qora dogiar hosil qiladi, asab sistemasining va buyrak funksiyasining buzilishiga olib keladi, anemiyani rivojlantiradi. Zaharlanish belgilari: quvvatsizlik, kamqonlik, bosh aylanishi, shol. Q o‘rg ‘oshin bilan zaharlanganda davolash uchun tuxum oqsili, askorbin kislota ishlatiladi.

Margimush (As). Bu elem ent barcha tirik organizmlar uchun zaharlidir. H avodagi miqdori 0,30mg/m-3 dan, suvda 0,05mg// dan oshmasligi kerak. Sanoat korxonalari chiqindilari havo va suvning shunday ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Organizmga oziq-ovqatlar bilan kuniga 1 mg atrofida margimush tushadi. U asosan eritrotsitlarda, taloqda, oqsil to'qimalarida uchraydi. Organizmdagi 0,1-0,3 g miqdori o'limga sabab bo'ladi. As (III) birikmalari - arsenitlar ferment va oqsillarning -S H guruhlariga ta’sir etib, ulami ingibirlaydi; Margimush birikmalaridan AsH3 - arsenning zaharli oqibatlari kuchlidir. U gem faolligini ingibirlaydi. Buning natijasida eritrotsitlar gemolizga uchrab, buyrak kanallari tiqilib qoladi va organizning sarg‘ayishiga olib keladi. Arsenat ionlari ATF sintezini ingibirlaydi. Pirouzum kislotasining metabolizmini susaytiradi. Bu esa uglevod, aminokislotalar va lipidiar metabolizmining buzilishiga olib keladi. Uning organizmda ortishi «qorason» kasalligiga sabab bo'ladi.


Yüklə 12,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin