137
Berrilya (1882-1883) birinchi bo‘lib bakterioz kasalliklarini o‘rganadi.
Hozirgi vaqtda 300 dan ortiq turga mansub bo‘lgan o‘simliklarda turli kasalliklarni
qo‘zg‘atuvchi spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan bakteriyalar,
mikobakteriyalar, psevdomonadalar va boshqa mikroorganizmlar ma’lum. Kasal
tug‘diruvchilar
orasida
monofaglar
(faqat
bir
turdagi
o‘simliklarni
kasallantiruvchilar) va polifaglar (ko‘p turdagi o‘simliklarni kasallantiruvchilar)
ma’lum. Bakterioz kasalliklari ma’lum areallar bo‘yicha
yoki keng maydonlarda
uchrashi mumkin. Texnik o‘simliklarning kasallanishi natijasida sanoatga katta
zarar keltiradi. Masalan, danakli rezavor mevalarda uchraydigan kuyish - ojog,
makkajo‘xorida so‘lish kasalliklari keng tarqalgan.
G‘o‘zada uchraydigan gommoz natijasida-60%, g‘allalarda uchraydigan
qorakuya natijasida 15-60% ga yaqin, pomidorida uchraydigan rak natijasida 70-
96% ga yaqin hosil nobud bo‘ladi. Yog‘ochi qurilishda ishlatiladigan qayin, archa,
buk kabi daraxtlar ham keng miqyosda zararlanadi.
Fitopatogen psevdomonadalar
.
Bularning turi juda ko‘p bo‘lib,
har xil
o‘simliklarda turli kasalliklar qo‘zg‘atadi. Bug‘doyda qorakuya kasalligini vujudga
keltiradi. Bu kasallik zararlangan don orqali tarqaladi. U Kanada, AQSh, Meksika,
Avstraliyada va Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan. Bug‘doy
o‘simligining hamma organlarini zararlaydi, hatto arpa, javdar va sulini ham
zararlaydi.
Ps. malvacelarium g‘o‘zada gommoz kasalligini qo‘zg‘atadi. Kasallangan
o‘simlikning bargida to‘q yashil, yumaloq yoki uchburchak shakldagi yog‘li
dog‘lar
paydo qiladi, o‘simlikni poyasi ham zararlanadi. Keyin ko‘saklarda
oldiniga to‘q yashil, keyinchalik qora rangli dog‘lar hosil qiladi. Poyasi tez
sinadigan bo‘lib qoladi.
Kasallik hosilni kamaytirishi bilan birga, tolaning sifatiga ham salbiy ta’sir
etadi. Bu kasallik zararlangan chigit orqali tarqaladi, barcha paxtakor rayonlarda
uchraydi.
Ps.beticola, lavlagi o‘simligida, sil kasalligini qo‘zg‘atadi.
Asosan qand
lavlagi va xashaki lavlagini zararlaydi. Bunday kasallangan lavlagining ildiz
tugunaklarida turli o‘smalar hosil bo‘ladi. U asosan zararlangan urug‘, tuproq va
o‘simliklarning qoldig‘i orqali tarqaladi.
Ps.fobacia, tamaki o‘simligini kasallantiradi, uning barglari zararlanishi
natijasida hosil 40-50% ga kamayadi, kasallik zararlangan urug‘ orqali tarqaladi.
Ps.angulata, ham tamaki bargida sariq-yashil rangli dog‘lar hosil qiladi, shu
dog‘lar ichidagi to‘qimalar yemiriladi.
Ps.gorloncevinum, choy o‘simligida rak kasalligini qo‘zg‘atadi. Po‘stlog‘i
ostida bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Kasallik Gruziyada ko‘proq tarqalgan.
Ps.phaseoli, dukkakdosh o‘simliklarni zararlaydi. Barglarda qo‘ng‘ir
rangli
dog‘lar hosil qiladi, hosil 20-40% ga kamayib ketadi:
Bulardan tashqari, beda, kartoshka, sabzi, pomidor, bodring; qovun, qovoq,
karam; gulkaram, danakli rezavor mevalardan nok, tut ilg‘oq; sitrus o‘simliklardan
limon, apelsin, mandarin; xona gullaridan oleandra, giatsintlarda ham turli-tuman
bakterioz kasalliklari uchratdi.