P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Azot to‘plovchi boshqa mikroorganizmlar
.
Amerikalik olimlar Jest va 
Kamen azot to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan yana 19 turga mansub bakteriyalarni 


 130 
topganlar. Ko‘pchilik yog‘ kislotali bijg‘ituvchi va Clostridium avlodiga mansub 
bakteriyalar azot to‘plash xususiyatiga ega ekanligi, bu xususiyat hatto 
aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari, achitqi zamburug‘lar va ko‘k-yashil 
suvo‘tlarida ham bor ekanligi aniqlangan. Shunday xususiyatga ega tuproqda 30 ga 
yakin azot o‘zlashtiruvchi ko‘k-yashil suvo‘tlari topilgan. 
R. Starki va P. De (1939) Hindistondagi sholipoyalardan Az. indicum ni 
topganlar, bu bakteriya hatto kislotali tuproqlarda ham uchraydi. 
Gollandiyalik mikrobiolog Beyerink nomi bilan atalgan Az. Beijirinckiae 
ham topilgan. Bu bakteriya ovalsimon, 2-3 nm uzunlikda, (shilimshiq kapsulali) 
bo‘lib, burmali koloniyalar hosil qiladi. Qariganda qizg‘ish yoki to‘q jigar rangga 
kiradi, yosh vaqtida harakatchan. Azotobakterga o‘xshash 16 - 20 mg azot 
to‘playdi (1 g shakar hisobiga). Bu bakteriya tropik zona va gruziya tuproqlarida 
ko‘proq uchraydi. 
Gollandiyalik olim Derksa nomi bilan atalgan yana bir bakteriya - Deria - 
tayoqchasimon, bir xivchinli bo‘lib, koloniyasi shilimshiq, qariganda sariq-
qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. 
Azot to‘plovchi mikobakteriyalar
.
Keyingi yillarda atmosfera azotini 
o‘zlashtiruvchi mikobakteriyalarning yangi turlari topilgan. M. V. Fyodorov va T. 
A. Kalininskaya (1960) Mus. flavum, Pseud. radiobacter ni kashf etganlar. 
Kalininskaya (1963) azot to‘plovchi mikobakteriyalarni turli moddalarga bo‘lgan 
talabiga karab 3 gruppaga bo‘ladi. 
Bu gruppaga: 1) vitamin talab qiluvchilar, 2) aminokislota talab qiluvchilar, 
3) o‘z oziqa muhitida oz miqdorda bog‘langan azot bo‘lishini talab qiluvchilar 
kiradi. 
N. P. Lvov (1964) podzol tuproqlardan yangi tur Azotobasortum ni topadi, 
bu bakteriya muhitda oz miqdorda bog‘langan azot bo‘lsagina atmosfera azotini 
o‘zlashtira oladi. 1 g shakar hisobiga 9-11 mg azot to‘playdi. Oziqa sifatida 
organnk kislotalar va spirtlardan foydalanadi. Bu bakteriya yana ikkita yo‘ldosh 
bakteriyalar bilan birga uchraydi. Bular glyukozani o‘zlashtirib, organik kislotalar 
hosil qiladi. Molibden mikroelementi berilsa, azotobakterlarning ish faoliyati 
ortadi, chunki molibden gidrogeneza fermentining tarkibiga kiradi. 
Ba’zi bir bakteriyalarni vakillariga, masalan, Azot. agile, Mycobacterium 
flovum ga vanadiy mikroelementi ham yaxshi ta’sir etadi. 
Mic (Si) mikroelementi 1 l suvda 5 mg (SuSO
4
) miqdorda, Az. Beijijrinckae 
va Mus. flavum ning faolligini oshirsa, Azot. chroococcum ga salbiy ta’sir etadi. 
Lishayniklar tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi
.
Lishayniklar 
suv o‘ti bilan zamburug‘lardan tashkil topgan simbioz organizmlardir. 1936 yili 
lishaynik tanasidan uchinchi vakil azot to‘plovchi bakteriya ajratib olingan. Lekin, 
Krasilnikov bu fikrga qarshi chiqadi. U lishaynik tanasidan Pseudomonas va 
Bacterium ni ajratib oladi. 1973 yilda P. A. Genkel va. T. T. Plotnikova ba’zi 
lishayniklardan Azotobacter Beijijrinck ni ajratib oladilar, bu bakteriya ham 1 g 
mannit hisobiga 4,6-6-7 mg azotni o‘zlashtirishini aniqladilar. Bu fikrni ko‘pchilik 
olimlar tan olishgan. 
Qishloq xo‘jaligi uchun azot fiksatsiyaning ahamiyati
.
Mikroorganizmlar 
tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi yer yuzida biologik yo‘l bilan 


 131 
to‘planadigan hosilning umumiy miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
atmosfera azotining biologik yo‘l bilan o‘zlashtirilishini o‘rganish kishloq xo‘jaligi 
va biologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biridir. 
Yer qobig‘idagi azotning umumiy miqdori (massasi) 0,04%, havo tarkibida 
78% molekulyar azot uchraydi yoki 4×10
15
t ga teng. Lekin na odamlar, na 
hayvonlar va na o‘simliklar molekulyar holatdagi azotni o‘zlashtira ololmaydilar. 
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, bir yilda yer yuzi bo‘yicha o‘simliklar 100-110 
mln tonna azot talab qilar ekan. Mineral o‘g‘itlar bilan esa atigi 30 % azot tuproqqa 
tushar ekan. 
Mishustinning hisobiga ko‘ra, sobiq ittifoq mamlakatlarida barcha 
dukkakdosh o‘simliklar bir yilda 2,3 million tonna, azot to‘plovchi bakteriyalar 3,4 
million tonna azot to‘plar ekan. Shunday qilib, biologik yo‘l bilan to‘planadigan 
azot miqdori 5,7 million tonnani tashkil etar ekan. 
Demak, tabiatda azot doim aylanib turar ekan. Yashil o‘simliklar bog‘langan 
azotdan va uglevodlardan o‘zining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil 
moddalarni sintezlaydi. O‘simliklarni hayvonlar iste’mol kiladi. Nobud bo‘lgan 
o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i bakteriyalar tomonidan chirish jarayoniga uchraydi 
va NN
3
hosil bo‘ladi. NN
3
ning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, bir 
qismi nitrifikatsiyaga uchraydi. 
Azot to‘plovchilar atmosfera azotini o‘zlashtirib, yana oqsillar sintezini 
ta’minlaydi, bu oqsillar chirituvchi bakteriyalar tomonidan parchalanadi. 
Denitrifikatorlar nitratlarni parchalab, atmosferaga azot qaytaradi. Shunday qilib, 
azot tabiatda aylanib yuradi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin