151
ilmiy va amaliy tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining qator
institutlarida olib boriladi.
Hozirgi zamon biotexnologiyasi
gen va hujayra injenerligi
usullari asosida
genetik transformatsiya qilingan ob’ektlarni yaratish texnologiyalari, jumladan
o‘simliklarni yangi “G‘M” - navlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar davom
ettirilmokda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishilgan. Bu sohada b.f.d.,
akademik A.Abdukarimov va u yaratgan maktabni erishgan yutuqlari hurmatga
sazovordir.
O‘zbekistonda biotexnologiyani shakllanishiga uni rivojlanishida, b.f.d.,
professor M.M.Raximov va u yaratgan maktabni roli beqiyosdir.
Klassik biotexnologiya
- esa tabiiy biologik ob’ektlardan foydalangan holda
turli mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari va texnologiyalaridir (non
pishirish,
pivo, vino, sirka, qatiq tayyorlash).
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi va shakllanishini O‘zRFA
akad.O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik Kimyo institutining tashkil etilganidan
bilishimiz mumkin. Ushbu institut 1977 yilda O‘zbekistan Respublikasi FA
tarkibidagi bioorganik kimyo bo‘limi (1973 y) negizida tashkil etilgan. Institutning
asosiy ilmiy yo‘nalishi, hayvon va o‘simliklar organizmida sodir bo‘ladigan
jarayonlarni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega bo‘lgan biologik faol
moddalarning tuzilishini, funksiyasini o‘rganish hamda, ularni sintetik usulda olish
yo‘llarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan. Ayni shu
institutda birinchilardan bo‘lib, tabiiy biologik faol modda -gossipolning polimorf
kompleks hosil qilishi isbotlangan va uning asosida yigirmadan ortiq yangi dorivor
moddalar va boshqa preparatlar ishlab chiqilgan. Bulardan viruslarga qarshi
ishlatiladigan 3% li gossipol linimenti, immunomodulyator - timoptin, qon
to‘xtatuvchi “Lagoden”, xlamidiyaga qarshi qo‘llaniladigan
dorivor vosita
“Polinil” va boshqalar.
Jahon andozalariga mos keladigan paxta moyini va kam gossipolli paxta
kunjarasini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining
ko‘pchilik yog‘-moy ekstraksiya zavodlarida litsenziya asosida qo‘llanilmoqda.
Biotexnologiya
sohasida
asosan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental
biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator
zavodlarda qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha
birinchi o‘zbek akademiki A.G.Xolmurodov (1939-1996)
fuzarium avlodiga
mansub zamburug‘lardan D vitamin RR- nikotin amid ajratish texnologiyasini
yaratgan. Bu olimni NADni-struktura va funksional bog‘liqligini o‘rganish, uni
hayvon va o‘simliklar organlaridan ajratib olish hamda ikkilamchi mahsulotlarni
qayta ishlashning jahon standartlariga mos keladigan yangi texnologiyalarini va
o‘simliklarni himoya qiluvchi ekologik toza vositalarni yaratish bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
O‘zFA Biokimyo Institutida olib borilgan yuqori va quyi molekulyar
bioregulyatorlarni kompleks tadqiq etish natijasida, zaharli jonivorlar zaharidan 50
dan ortiq biologik faol oqsil va peptidlar ajratib olingan. Ulardan 15 dan ortig‘ining
kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi to‘liq o‘rganib chiqilgan.
152
Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zadan fitogormonlarning
retseptorlari ajratib
olingan va ularni fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilgan, ularning paxta bargini
to‘kishdagi regulyatorlik roli isbotlangan. Natijada g‘o‘za defoliatsiyasida ro‘y
beradigan
jarayonning
molekulyar
mexanizmi
yoritib
berilgan
va
defoliatsiyalovchi hamda o‘sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan
birikmalarni tanlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. G‘o‘zaning o‘sishi jarayonida
organizm ferment sistemalarining paxta tolasini hosil bo‘lishidagi roli o‘rganib
chiqilgan va sellyuloza biosintezi jarayonining molekulyar mexanizmi isbotlangan.
Professor K.D.Davronov tomonidan yog‘ parchalovchi ferment-lipaza
tayyorlash texnologiyasi yaratilgan. Bundan tashqari qishloq-xo‘jalik amaliyotlari
uchun “Er malhami”, “Bist”, “Subtin”, “Fitobiosil” kabi qator biopreparatlar
yaratilgan.
Bu
preparatlar
azot
yutuvchi
va
rizosferada
yashovchi
mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida
keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari K.D.Davronov rahbarligida b.f.n., professor
Z.R.Axmedova sellyuloza-lignin biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop poyasi,
qirindi va b.) maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlar
sintez qiladigan fermentlar
yordamida parchalash texnologiyasini yaratdi va amaliyotda ko‘rsatib berishga
erishdi.
Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni
tahlil qilib, ularni novvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan
turlarini ajratib oldi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun
achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
Mikrobiologiya instituti olimi J.Toshpo‘latov somon va g‘o‘zapoyani
parchalashda «Trixoderma harzianum” zamburug‘i fermentlaridan foydalanish
mumkinligini ilmiy asoslab berdi. Bu texnologiya qo‘llanilganda, somonda 6-7%
shakar
turli vitaminlar, aminokislotalar paydo bo‘lib, somonni ozuqa birligi bir
necha barobar oshganligini isbotlab berdi.
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodiy ko‘rsatkichilarini yanada
ko‘tarish maqsadida, eng avvalo quyidagi biopreparatlarni ishlab-chiqarishni
yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega:
- oziq-ovqat va chorvachlik uchun oqsil-vitamin komplekslaridan
iborat bo‘lgan biopreparatlar;
- almashmaydigan aminokislotalar;
- organik kislotalar (limon kislotasi va boshqalar);
- o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi
va ularni himoya qiluvchi
moddalar;
- o‘simlik, hayvon va odam kasalliklariga o‘z vaqtida tashxis
qo‘yadigan, sezgir biotexnologik usullar yaratish va h.k.
Savollar
.
1. Biotexnologiya nimani o‘rganadi?
2. Biotexnologiyaning qanday qismlarini bilasiz?
3. Biotexnologiyaning rivojlanishiga xissa qo‘shgan o‘zbek olimlaridan
kimlarni bilasiz?
153
4. Biotexnologiya rivojlanishiga qaysi fan yutuqlari turtki bo‘lgan?
5. Biotexnologiya haqida olimlar fikri qanday?
6. Biotexnologiyaning biologiyadagi ahamiyati nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: