139
U ayniqsa g‘o‘zaga rivojlanish davrining boshida kuchli ta’sir etadi, bunda
urug‘palla barglari 1-2 kun ichidayoq so‘lib qoladi.
Fitopatogen bakteriyalarning tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari
.
Turli-tuman bakterioz kasalliklarining tarqalishida asosiy vosita urug‘dir, chunki
urug‘ning ichiga kirib olgan yoki yuzasiga yopishgan fitopatogen bakteriyalar qish
sovug‘idan himoyalangan bo‘ladi. Urug‘ unganda bakteriyalar yosh nihollarni
zararlaydi, so‘ngra o‘tkazuvchi sistema orqali ko‘tarilib, butun o‘simlikni
zararlaydi. Bundan tashqari zararlangan urug‘ orqali kasallik boshqa hududlarga
ham tarqalishi mumkin. Urug‘dan tashqari, bakterioz
kasalliklari zararlangan
qalamchalar, tugunaklar orqali ham boshqa joylarga tarqalishi mumkin.
Asosan bakterioz kasalliklari kasal o‘simliklar qoldig‘i (organlari) orqali
tarqaladi. Ba’zan yomg‘ir tomchilari orqali ham kasallik tarqalishi mumkin. Suv
ham kasallik tarqatishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bakterioz
kasalliklarining tarqalishida nematodalar, shilimshiklar,
qushlar ham vositachi
bo‘lishi mumkin.
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurash olib borish uchun bakteriyalar
biologiyasini, ular uchraydigan joylarni yaxshi bilish zarur. Bakteriozlarga qarshi
asosan, ximiyaviy, agrotexnikaviy va biologik usullarda kurash olib boriladi.
1. Ximiyaviy usulda kurashishda urug‘ni ekishdan oldin dorilash, kalamcha
va tuganaklarni dezinfeksiyalash zarur.
2. Agrotexnikaviy usulda tuproqni dezinfeksiyalash, yerga yaxshi ishlov
berish, zararlangan o‘simliklarni darhol daladan olib chiqib ketib, kuydirish zarur.
3. Biologik usulda tuproqda antogonist bakteriyalarning
rivojlanishi uchun
qulay sharoit yaratib berish zarur.
Nixoyat bakterioz kasalliklariga chidamli o‘simliklar navini yaratish ham
muxim ahamiyatga ega bo‘lgan choralardan biridir.
Dostları ilə paylaş: