P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Antibiotiklar va fitonsidlar



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

9.2. Antibiotiklar va fitonsidlar

Mikroorganizmlar orasida antagonizm keng tarqalgan. Evolyutsion 
tarakqiyot natijasida bir tur, ikkinchi turning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi 
usullarni yaratishga intilgan. Shunday faktorlardan biri antibiotiklardir. 
Antibiotiklar odam va hayvon organizmida kasallik tug‘diruvchi ayrim 
mikroorganizmlarni nobud qiladi. Masalan, streptomitsin turli mikroblarga qarshi, 
penitsillin esa, stafilokokk, gazli gangrena, qoqshol, botulizm kasalliklarini 
ko‘zg‘atuvchilarga qarshi ishlatiladi. 
Penitsillin mikrob hujayrasida oqsil va nukleoproteidlar almashinishi 
jarayonini buzilishiga ta’sir etadi. Penitsillin (S
16
H
18
O
4
N
2
S ) Penicillium 
chrysogenum va Pen. notatum dan olinadi. U gram musbat bakteriyalarga ta’sir 
etadi. Penitsillinning chala sintetik turlari: metitsillin, oksatsillin, kloksatsilin, 
dikloksatsillin, ampitsillin, nafsillin, karbonsillin va boshqalar stafilokokklarga 
qarshi ishlatiladi. 


 143 
Tuproqda yashovchi nurli zamburug‘lar - aktinomitsetlardan ko‘pgina 
qimmatli antibiotiklar olinadi. Bu zamburug‘lar N. A. Krasilnikov, A. N. 
Koryanenko va S. A. Asqarovalar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. 
1951 yilda G. F. Gauze va M. G. Brajnikovlar nurli zamburug‘lardan 
albomitsin ajratib olganlar, bu preparat stafilokokk, pnevmokokk va dizenteriya 
tayoqchasiga qarshi ishlatilgan. 1952 yilda eritromitsin olinadi, bu preparat 
mikroblarga, rikketsiyalarga va ba’zi viruslarga qarshi ta’sirga egadir. 
Fitonsidlar
.
B. P. Tokin yuksak o‘simliklardan ajratib olingan va 
mikroblarga qarshi ishlatiladigan moddalarga fitonsid nomini bergan. Fitonsidlar 
juda ko‘p o‘simliklarda hosil bo‘ladi, jumladan, aloeda, dukkakdoshlar dukkagida, 
turli g‘alladoshlarda, gorchitsa, pomidor, xren, evkalipt, cheryomuxa, qayin 
shirasida uchraydi. Ayniqsa, piyoz va chesnokda fitonsidlar ko‘p bo‘ladi. Ular 
bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar, hasharotlar va 
bakteriofaglarga salbiy ta’sir etadi. Osyotr balig‘idan ekmolin deb nomlangan 
modda ajratib olingan va grippga qarshi ishlatilgan. Tuxum oqida, so‘lakda, ko‘z 
yoshida, balg‘amda lizotsim bo‘lib, saprofit bakteriyalarni eritish xususiyatiga ega. 


 144 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin