P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


Biotexnologiyaning ob’ektlari. Mikroorganizmlar va ular



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

10.2. Biotexnologiyaning ob’ektlari. Mikroorganizmlar va ular 
yordamida foydali moddalarni olinishi

Biotexnologiyaning ob’ektlari
mikroorganizmlar, hayvon va o‘simlik 
hujayralari, transgen hayvon va o‘simliklar, hamda hujayralardagi ko‘p 
komponentli ferment sistemalari va alohida fermentlardir. 
Ko‘pgina zamonaviy biotexnologik ishlab chiqarishning asosi mikrobli 
sintez
,
ya’ni turli biologik faolmoddalarni mikroorganizmlar yordamida sintezlash 
hisoblanadi.
Ob’ektning tabiatidan qat’iy nazar, istalgan biotexnologik jarayonning 1-
bosqichi organizmlar (mikroblar bo‘lsa), hujayra yoki to‘qimalarning (o‘simlik 
yoki hayvonlar bo‘lsa) toza kulturasini olish hisoblanadi. O‘simlik va hayvon 
to‘qimalari kulturalaridan biotexnologiyaning ob’ektlari sifatida foydalanish 
metodik nuqtai nazardan mikroorganizm kulturalaridan farq qilmaydi. 
Hozirda mikroorganizmlarning 100 000 ortiq turiga tavsif berilgan. Bular 
prokariotlar (bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiyalar, sianobakteriyalar) va 
eukariotlarning bir qismi (achitqilar, ipsimon zamburug‘lar, ayrim suvo‘tlari)dir. 
Mikroorganizmlar turli-tuman bo‘lishiga qaramay, qaysi mahsulot olinishi 
kerakligiga qarab ularni to‘g‘ri tanlay bilish kerak. Eng ko‘p va chuqur o‘rganilgan 
mikroorganizmlar - ichak tayoqchasi 
(E. soli),
pichan tayoqchasi 
(Bac. 
subtilis)
va achitqi zamburug‘lari 
(S.cerevisiae)
dir. 
Biotexnologik ob’ektni tanlashda (masalan, mikroorganizm-produtsent) 
yaxlit mahsulotni sintezlash xususiyati asosiy mezon sanaladi. Bunda 
mikroorganizmlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 
Tez o‘sish sur’atiga ega; 
O‘zining hayot faoliyati uchun arzon substratlarni sarflashi; 
Tashqi mikrofloraga va faglarga nisbatan chidamli, ya’ni raqobatbardosh 
bo‘lishi. 
Bularning barchasi yaxlit mahsulot olishga ketadigan sarf-harajatlarni 
kamaytiradi. Tabiatda barcha talablarga javob beradigan organizmlar uchramaydi. 
Masalan: 
Bir hujayrali organizmlar yuqori organizmlarga nisbatan tez o‘sadi va ularda 
sintetik jarayonlar tez ketadi. Lekin bu barcha mikroorganizmlarga tegishli emas. 
Masalan, oligotrof mikroorganizmlar juda sekin o‘sishsada, ulardan ko‘plab 
qimmatli mahsulotlar olish mumkin va qulay. 
Hayoti faoliyati davomida quyosh nuri energiyasidan foydalanuvchi 
mikroorganizmlar fotosintezlovchi mikroorganizmlar deb ataladi. Ularning bir 
qismi (sianobakteriyalar va fotosintezlovchi eukariotlar) uglerod manbai sifatida 
SO
2
dan foydalanadi, sianobakteriyalarning ayrimlari esa atmosfera azotini yutish 
hususiyatiga ham egalar. Fotosintezlovchi mikroorganizmlar ammiak, vodorod, 
oqsil va bir qancha organik birikmalar olish uchun produtsent hisoblanadilar. Lekin 


 154 
ularning genetik tuzilishi va hayot faoliyatining molekulyar-biologik mexanizmlari 
yaxshi o‘rganilmagan. 
Yuqori xaroratda o‘sadigan termofil mikroorganizmlarning xususiyati tashqi 
(begona) mikroflorani o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Bular spirtlar, aminokislotalar, 
fermentlar, molekulyar vodorod olish uchun produtsenti hisoblanadilar. 
Termofillar sintezlaydigan fermentlar issiqlik, ayrim oksidlovchilar, 
detergentlar, organik erituvchilar va boshqa noqulay omillarga nisbatan ham ancha 
chidamli hisoblanadilar. Ular oddiy temperaturada ham faollik ko‘rsata oladilar. 
Masalan, ayrim termofil mikroorganizmlardan olinadigan proteazalar 75
0
S da 20
0

ga nisbatan 100 marta kamroq faollik ko‘rsatadilar. Ularning bu xususiyati ayrim 
ishlab chiqarish sanoatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, 
Thermus aquaticus

termofil bakteriyasining Taq-polimeraza fermenti gen injeneriyasida keng 
ishlatiladi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin