159
Xuddi shu mexanizm asosida RNKning yig‘ilishi amalga oshadi, faqatgina 2
ta spiral emas, balki bitta spirallik molekula (RNK) hosil bo‘ladi. Bu jarayon
transkripsiya deyiladi. Demak,
hujayradagi axborot oqimi, matritsa sintezining
barcha reaksiyalarini amalga oshiradi, ya’ni, DNK replikatsiyasi (irsiy axborotni
qiz hujayralarga uzatish uchun kerak), transkripsiya (hujayra yadrosida i-RNKni
sintezi) va translyatsiya (ribosomalar yordamida
i-RNKda oqsil zanjirlarini
yig‘ilishi) jarayonlari amalga oshadilar.
Organizmning irsiy xususiyatlarini o‘zgartirishni o‘rganilgandan keyin bilan
transgen o‘simlik va hayvonlar yaratish va ularni klonlash imkoni tug‘ilgan.
Eukariotlarning hujayralaridagi genlarni tuzilishini o‘rganish klonlash va
DNKni birlashtirish metodlariga asos solgan. Olimlar tomonidan ovalbuminning
386 ta aminokislotadan tuzilgan molekulasini sintezida qatnashuvchi
informatsion
RNKsi ajratib olingan va ushbu RNKning 1872ta nukleotidan, 1158 tasigina
oqsilning 386ta aminokislotasini kodlashi, shu bilan birga 5’-uchdagi 64 ta
nukleotid va 3’-uchdagi 650 ta nukleotid translyatsiyalanmasligini aniqlangan. i-
RNKdan ovalbumin geniga mos
keluvchi DNK nusxasini olib, uni plazmidaga
joylashtirganlar va uni
E.coli
hujayrasida klonlashtirganlar. Fransiyalik olimlar esa,
DNK nusxasini restriktazalar yordamida parchalanmasligini aniqlaganlar, chunki
ushbu DNK, restriktaza fermentlari taniydigan 6 ta nukleotidli ketma-ketlikni
o‘zida tutmaganlar. 1977 yili fransiyalik olimlar “ovalbuminning informatsion
RNKsi bilan transkribsiyalanmaydigan DNK genomida, i-RNKda uchramaydigan
qismlar bor”, deb faraz qilganlar. Genning uzlukli tuzilishi keyinchalik boshqa
genlarda ham kuzatilgan.
Keyinchalik, Shambon va Kurilskining ko‘rsatishlaricha, ovalbumin
genining DNKsi i-RNK bilan qisman birlashadi: DNKning 7 ta
uchastkasi RNK
bilan gibridlanmasdan qoladi. Genning mRNKda uchramaydigan ushbu
uchastkalariga intronlar deb nom berilgan. Intronlar ovalbuminni kodlaydigan
DNK ketma-ketligini 8 ta fragmentdan iborat bo‘lgan ekzonlarga ajratib turadilar.
Intronlar genning ma’lum bir qismida uchraydilar, ularni hajmi katta bo‘lib,
100 dan-bir necha mingtagacha bo‘lgan nukleotidlar juftligidan iboratdir. O‘rtacha
hisoblaganda intronlar ekzonlardan uzunroqdir.
Hozirgacha o‘rganilgan sut emizuvchilar, qushlar va amfibiyalarning
genlarining tuzilishi yaxlit ko‘rinishda emasligi aniqlangan, ya’ni ular ekzonlar va
intronlardan tuzilganlar. Faqatgina giston va interferonlarning
genlari bundan
mustasnodir. Yaxlit bo‘lmagan genlar bulardan tashqari yaxlit bo‘lmagan genlar
hashorotlarda va achitqilarda, hamda DNK saqlagan eukariot hujayralar yadrosida
ko‘payadigan viruslarda ham topilgan.
Dostları ilə paylaş: