P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

2.
Fermentativ usulda
,
hujayra devori maxsus fermentlar yordamida 
eritiladi. Bunda 3 xil tip fermentlar - sellyulaza, gemitsellyulaza va pektinazadan 
foydalaniladi. 
 
12.2. Protoplastlar kulturasini olish

Protoplastlar kulturasini olish uchun 2 xil yondoshiladi: suyuq muhit 
tomchilarida inkubatsiya qilinadi va agarli qatlamga o‘tkaziladi. 
Alohida ajratib olingan (izolyatsiya qilingan) protoplastlar hujayra devorini 
tiklagunga qadar qisqa vaqt ichida bir-biri bilan qo‘shilishi mumkin. Bu jarayon 
nafaqat bir tipdagi o‘simlik protoplastlariaro, balki geterolik protoplastlararo 
bo‘lishi ham mumkin. Shu usul bilan 2 turdagi tamaki o‘simligini protoplastlarini 
qo‘shib, regeneratsiyalangan o‘simlik olingan. 1978 yili esa kartofel va tomat 
o‘simliklarining protoplastlari qo‘shilgan. Buning natijasida tomatning 
kasalliklarga chidamlilik xususiyatlari kartofelga ko‘chirilgan.
Somatik gibridizatsiya
– o‘simliklarni gibridini yaratishning yangi metodi 
bo‘lib, bunda gibridlanayotgan hujayralar sifatida gametalar (reproduktiv 
hujayralar) emas, balki protoplastlar olinadigan o‘simlik tanasining hujayralari 
(somatik) qatnashadi. Protoplastlarni qo‘shish bilan hujayra genomidan tashqari 2 
ta turli sitoplazmalar ham qo‘shiladi. Ko‘pgina hollarda yuksak o‘simliklarni 
protoplastlarini qo‘shish natijasida yoki gibrid yoki sibrid hosil bo‘ladi. Sibrid 
o‘simlikda, ikkala o‘simlikning sitoplazmasi qo‘shiladi, yadro esa faqat bittasiniki 
bo‘ladi. 
Geterologik protoplastlarni qo‘shayotganda mos keladigan markerni tanlash 
kerak. Bunday marker sifatida plastidalar yoki xloroplastlar bo‘lishi mumkin. 
Plastidalardan tashqari biokimyoviy yoki genetik markerlar: masalan, izoenzimli 
tarkib, nuklein kislotalarning xususiyatlari, ma’lum bir moddalarga chidamlilik va 
xromosomalar yoki hujayra kariotiplari soni ham bo‘lishi mumkin. 
Protoplastlar labil tuzilmalar bo‘lgani uchun somatik gibridizatsiyalash yo‘li 
bilan hujayraga begona materiallarni, hamda ularga ajratib olingan DNK yoki 
boshqa hujayralarning organellarini kiritish mumkin. Hozirda yadro va 
xloroplastlar boshqa o‘simlik hujayrasiga transplantatsiya qilingan. 
O‘simlik va hayvon hujayralari kulturalarining o‘stirish texnologiyalari

Biotexnologik maqsadlar uchun organizmlarning yoppasiga kulturasini olish 


 174 
texnologiyalari bakteriyalar, achitqilar va mitselial zamburug‘lar uchun ishlab 
chiqilgandir. Hozirgi vaqtda o‘simlik va hayvon hujayralari kulturalarini yaratish 
bo‘yicha tadqiqotlar ham jadal davom etmoqda. O‘simlik hujayralari kulturalarini 
olish texnikasini mukammallashganligi sababli, ko‘plab mamlakatlarda ba’zi-bir
o‘simliklarni yangi, oldindan belgilangan xususiyatga ega bo‘lgan navlarini 
yaratish bo‘yicha tadqiqotlar samarali davom ettirilmoqda va anchagina yutuqlarga 
ham erishilgan. Ushbu metodlar organogenez va nihollarni amplifikatsiyalash, 
so‘ngra 
ularni 
tuproqqa 
ekish 
bo‘yicha 
qilingan 
ishlar 
natijasida 
takomillashtirilmoqda. 
Ko‘plab 
o‘simliklar hujayralarining suspenzion 
kulturalaridan yaxlit o‘simlikka xos bo‘lgan mahsulotlarni ajratib olish (nikotin, 
alkaloidlar, jenshen) maqsadida foydalanish keng miqyosda yo‘lgan qo‘yilgan va 
u amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Digitalis, yasmin, yalpiz kabi o‘simliklar 
sintez qiladigan qimmatbaho fiziologik faol preparatlarni ishlab chiqarish samarali 
hisoblanadi. O‘simlik hujayralari, kulturalarini olishda ishlatiladigan suyuq doimo 
aralashtirib turiladigan muhitda fermentatsiya qilish metodlari, mikrobiologiya 
texnologiyasiga o‘xshashdir. O‘simlik hujayralari bakteriyalarga nisbatan sekin 
o‘sishiga qaramay, ularning harakteristikasi bir-biriga yaqindir. Shuning uchun 
ham, faqat o‘simlik yoki hayvon hujayralari sintezlaydigan ba’zi-bir muhim 
organik birikmalarni olish maqsadida yanada yangiroq, samaraliroq texnologiyalar 
yaratish ustida tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar sirasiga kiradi. 
Hayvon hujayralari, suspenziya ko‘rinishida yoki qattiq substratga 
biriktirilgan holda o‘stiriladi. Bunday hujayralar, masalan, HeLa (inson o‘smasi 
hujayrasi) ikkala holatda ham o‘sishi mumkin; limfoblastom hujayralar suspenzion 
kulturada, normal diploid hujayralar esa qattiq substratga biriktirilgan holda 
o‘tiriladi. 
Oxirgi paytlarda hujayra o‘sishini nazorat qiluvchi sistemalar «buxta» 
ko‘rinishida o‘ralgan, gazni o‘tkazuvchan teflon trubkalar yordamida amalga 
oshiriladi. Bunday sharoitlarda ko‘plab hujayralarni kulturasini olish mumkin. 
Yana bir samarali metod, bu hujayralarning uncha katta bo‘lmagan marjonlar 
(sharchalar, mikrotashuvchilar)ga biriktirilishiga asoslangan usuldir. Sharchalar 
sefadeksdan (dekstrin tabiatli modda) yasalib, uning umumiy yuzasi 7 sm
2
/mg teng 
bo‘lishi mumkin. Sharchalar suspenzion holatda suza oladi va ularda turli tipdagi 
hujayralar o‘sa oladi. Bu usul yordamida inson interferoni ishlab chiqarilmoqda.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin