180
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta-
kichikligiga qarab sinflanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos (≈3xI0
-4
mkm);
gelfiltratsiya (15x10,5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10
mkm) dir.
Quyuqlashtirish va tozalashning qaytariluvchan osmos va ultrafiltratsiya
usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmatsevtika va ferment
sanoatlarida juda keng tarqalgan. Eng asosiysi, jarayonni juda ham kam harajatlar
va energiya evaziga olib borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni
harorat ta’siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo‘lib, bir vaqtning
o‘zida eritma bir qancha ballast birikmalardan, xona haroratida tozalanadi. Ushbu
jarayon yuqori bosim ostida o‘tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu
usulning ham asosiy elementi bo‘lib membranalar hisoblanadi. Hozirgi kunda
sellofandan, kauchukdan, polietilendan, polisteroldan, sellyulozadan va b. bir
necha xil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda.
Membranalar xususiyatiga qarab 0,05-0,2 mkm li bir qavatli – izotrop va
ikki qavatli – anizotrop turlariga bo‘linadi.
Cho‘ktirish usullari va uning nazariyasi
.
Sanoat uchun zarur bo‘lgan
ko‘pchilik fermentlar suvda eruvchan oqsillardir. Ferment eritmalari ularni olinish
manbalariga qarab, mikroorganizmlar lizatlari, ekstraktlari, kultural suyuqlik
filtratlari, o‘simlik yoki hayvon to‘qimalarining gomogenatlari bo‘lishi mumkin.
Ferment eritmalarining, tarkibi juda murakkab sistemadir. Unda fermentlardan
tashqari kolloid tabiatga ega bo‘lgan har xil birikma va moddalar ham uchraydi.
Bunday murakkab sistemalardan fermentlarni ajratib olish mushkul vazifadir.
Oqsilning har xil erituvchilarda erish darajasi molekula sirtida joylashgan
gidrofob va gidrofil qoldiqlarning tarqalishi bilan belgilanadi. Oqsillarni asosiy
erituvchisi bo‘lgan suvning ba’zi xususiyatlarini (harorat, rN, ion kuchi, neytral
tuzlar, organik erituvchilarni yoki inert birikmalarni qo‘shish yo‘li bilan)
o‘zgartirish hisobiga oqsil molekulasining gidrat yoki solvat qatlamiga ta’sir qilib
agregatsiyaga uchratish va cho‘kmaga tushirish mumkin. Sanoatda asosan
fermentlarni organik erituvchilar yoki tuzlar bilan cho‘ktirish usullaridan
foydalaniladi. Bu usullar bir-biridan cho‘ktirish mexanizmi bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: