P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


XIII-BOB. FERMENTLAR INJENERLIGI



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

XIII-BOB. FERMENTLAR INJENERLIGI 
 
13.1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari

Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi – biologik sistema yoki tirik 
hujayralardan ajratib olingan fermentlarning katalitik xususiyatlaridan foydalangan 
holda biotexnologik jarayonlarni yaratishdir. U yangi mahsulotlarni olish, ularning 
sifatini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni yechadi. Hozirgi kunda amaliyotda fermentlar keng qo‘llaniladi. 
Ma’lumki, fermentlardan organik sintezlarni katalizatori sifatida 
foydalaniladi. Shunga qaramay, fermentlarning “nozik” tomoni ham bor. Ular kam 


 175 
chidamli, tez buziluvchan, nozik makromolekulyar strukturaga ega bo‘lgan 
oqsillardir. Ular tashqi ta’sir ostida osongina o‘z xossasini yo‘qotadilar. 
Fermentlar ishtirokida kechadigan reaksiyalar murakkab mexanizmga ega. 
Ularning faolligini tashqi muhitning o‘zgarishi orqali, reaksion muhitga 
fermentlarni ularni faolligini oshiruvchi yoki susaytiruvchi qo‘shimcha moddalar 
qo‘shish bilan boshqarish mumkindir. 
Fermentlar 
manbai 
turli 
hayvon, 
o‘simliklarning 
to‘qimalari, 
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birini 
olish qulayligiga qarab tanlanadi.
Yaqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o‘simlik fermentlaridan 
foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fermentlar go‘sht sanoatining 
yo‘ldosh mahsulotlari hisoblanadi. Barcha to‘qima va hujayralar ichida 
fermentlarga boy organ oshqozon osti bezidir. Undan, tarkibida bir qator gidrolitik 
fermentlar (amilaza, proteaza, lipaza va b.) tutgan kompleks preparatlar olinadi. 
Masalan, oshqozon osti bezidan pankreatin - quritilgan ekstrakt olinadi. 
Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari - 
pepsin, tripsin, ximotripsin, rennin (ximozin), ribonukleaza, DNKaza, lipaza, 
gialuronidaza, katalaza va boshqa fermentlar ham ajratib olinadi.
O‘simliklardan sanoat miqyosida proteolitik fermentlarning ayrim 
preparatlari - papain (qovun daraxti mevasining sharbatidan), fitsin (anjir bargi va 
Ficus
oilasiga mansub o‘simliklardan) ajratib olinadi. 
Ammo, o‘simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan samarali 
emas, chunki sarflanadigan o‘simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam 
miqdorda bo‘ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli 
o‘simlikni o‘stirish imkoni yo‘q. 
Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda ham ayrim qiyinchiliklar 
tug‘iladi. Shuning uchun hozirda fermentlar manbai sifatida mikroorganizmlardan 
keng foydalanilmoqda. 
Mikroorganizmlar
 
– ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi, 
chunki ularning (fermentlarini) hujayradagi konsentratsiyasini mikroorganizm 
o‘sishini tezlatish yoki genetik manipulyatsiya qilish hisobiga oshirish mumkin. 
Mikroorganizmlar tez o‘sadi, arzon muhitlarda ko‘payada va turli fermentlarga 
boydir. 
Mikrob fermentlari hozirda o‘simlik va hayvon fermentlari o‘rnini 
bosmoqda. Qator fermentlar meditsina diagnostikasida ham o‘ziga xos o‘rin 
egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza qon zardobidagi xolesterinni
ureaza esa, siydik kislotasi miqdorini o‘lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi 
tadqiqotlarida esa, mikroblardan ajratiladigan restriktatsion endonukleazalar va 
ligazalar ishlatiladi. 
Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham 
o‘rin egallaydi. 
Qattiq yoki suyuq ozuqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning 
kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko‘p miqdorda ballast 
moddalap bordir. Fermentlarni ajratish va tozalash - ko‘p mehnat va harajat talab 
qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko‘rinishida 


 176 
ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan 
mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday 
mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida yem-xashak tayyorlashda yoki fermalarda 
yemlarni qayta ishlashda qo‘llash ham mumkin. 
Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, 
kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi), hamda tekstil, mo‘yna va mikrobiologik 
sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to‘liq 
tozalangan ferment preparatlari ishlatiladi. 
Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib 
filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq ozuqa muhitda 
o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun 
yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida 
preparatning ymumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya’ni uning ulushiy 
faolligi optadi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin