P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


XIV-BOB. HUJAYRALARNI IMMOBILLASh



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
XIV-BOB. HUJAYRALARNI IMMOBILLASh 
 
14.1. Mikroorganizm hujayralarini immobillash 
Mikroorganizmlarning immobillangan hujayralari haqidagi ilk bor ilmiy 
maqolalar XX asrning 70-yillarida paydo bo‘ldi, sanoatda esa ular 1974 yili 
Yaponiyada 
qo‘llanila boshlandi. Mikroorganizmlarning 
immobillangan 
hujayralari asosida asparagin kislotasi olish texnologiyasi yaratildi va ishga 
tushurildi. 
Immobillangan hujayralar immobillangan fermentlar, hamda erkin 
hujayralardan ham bir qator afzalliklarga egadir. Bular quyidagilardir: 
fermentlarni ajratish va tozalashga ketadigan harajat sarflanmaydi; 
reaksiya mahsulotlarini ajratish va tozalashga ketadigan sarf- harajatlarni 
kamaytiradi; 
- nisbatan yuqori faollik va barqarorlikka ega;
uzluksiz va yarim uzluksiz avtomatlashtirilgan jarayonlarni yaratish imkoni 
tug‘iladi; 
poliferment sistemalar ekzogen kofaktorlarsiz, uzoq faoliyat ko‘rsatish 
xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Immobilizatsiyalash uchun turli holatdagi, ya’ni tirik va turli darajada 
zararlangan hujayralar ishlatilishi mumkin. Bir bosqichli reaksiyalarni yuqorida 
keltirilgan ikkala holatdagi hujayralar ham amalga oshira oladilar. Polifermentli 
reaksiyalarni esa tirik hujayralarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi, ammo bunday 
hujayralar uzoq vaqt davomida ATF va kofermentlarni (NADF, NAD) 
renegeneratsiyalash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Immobillangan mikroorganizmlarning fermentativ faolligidan foydalanish 
tarixi uzoq vaqtlarga borib taqaladi. Bundan 150 yil avval sirkani tez olish usuli,
 


 192 
yog‘och qipig‘iga adsorbsiyalangan mikroorganizmlarga asoslangan edi. 
Hujayralarni immobillash fermentlarni immobillash metodi bilan juda yaqin.
Kimyoviy immobillash metodi faollashtirilgan tashuvchi bilan kovalent 
bog‘lar hosil qilishga asoslangan.
Xujayralar immobirizatsiyasining fizikaviy metodlari esa, adsorbsiya va
agregatsiyadir.
Hujayralarni turli gellar, membranalar, tolalarga kiritish yo‘li bilan 
immobillash kimyoviy va fizikaviy o‘zaro ta’sirlanishlarga asoslangan. Kimyoviy 
metodlar boshqa metodlarga nisbatan kam ishlatiladi. Hujayralar ko‘proq gellar, 
membranalar va tolalarga kiritiladi. Bunday usullari bilan immobillangan 
hujayralar uzoq vaqt davomida, o‘zinig xayot faoliyatini saqlab qoladi va ozuqa 
muhitida ko‘paya oladi. Immobillangan hujayralarning biokatalitik faolligi hozirgi 
vaqtda fan va texnikaning turli tarmoqlarida ishlatilib kelinmoqda, xususan: 

aminokislotlar, organik kislotalar, antibiotiklar, steroidlar, uglevodlar, 
uglevodorodlar, nukleotidlar va nukleozidlar kabi birikmalarning biosintezi va 
transformatsiyasida; 

pivo va vino ishlab chiqarishda; 

oqava va tabiiy suv havzalarini tozalashda;

oqava suvlarni metallardan tozalashda; 

quyosh energiyasining assimilyatsiyasida; 

vodorodli quyosh elementlarini tayyorlashda; 

azotfiksatsiyada;

analitik maqsadlarda elektrodlar tayyorlashda. 
Mikroorganizm 
hujayralarini 
immobillash, 
ayniqsa, 
ular 
asosida 
aminokislotalar, organik kislotalar va antibiotiklarni sintezlash bo‘yicha, yapon 
olimlari tomonidan ko‘plab ishlar qilingan. Moskva davlat universitetida 
asparagin kislotasini olish metodi yaratilgan. Poliakrilamid gelga kiritilgan 
E.coli 
hujayralari asparagin kislotasini olish uchun juda qulaydir. 
Mikroorganizmlardan tashqari, fiziologik faol birikmalarni sintezlash 
maqsadida o‘simlik va hayvon hujayralarini ham immobillash mumkin. 
Hozirda hujayra organellarini immobillash bo‘yicha ham katta ishlar olib 
borilmoqda. Bu esa, biotexnologiyaning immobillangan hujayralarni qo‘llash bilan 
bog‘liq yo‘nalishining naqadar istiqbolli ekanligini isbotlaydi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin