197
Pseudomonas
turiga mansub bakteriyalarda oksireduktaza yoki gidroksilaza
fermentlari bo‘lib, ular yuqori toksik, uglevodorodlar va aromatik birikmalarni
parchalash xususiyatiga egadir.
Pseudomonas
ning ayrim shtammlari tarkibida
ushbu fermentlarni kodlovchi genlar plazmida tarkibida uchraydi. Bunday
plazmidalarning 4 xili mavjud: OST (oktan va va dekanni parchalanishi), XYL
(ksilol va toluolni parchalanishi), SAM (kamforani parchalanishi) va NAH
(naftalinni parchalanishi). SAM va NAH plazmidalari bakterial hujayralarni
chatishtirib o‘zining o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi, qolgan plazmidalar esa
bakteriyaga boshqa plazmidalar kiritilgandagina o‘tkazilishi mumkin.
Keyinchalik bu shtammlarning gibrid plazmidalari olingan bo‘lib, ular
tozalanmagan neftda boshqa shtammlarga nisbatan uglevodorodlarni parchalash
xususiyatiga egadirlar. Ular yordamida harorat va boshqa omillarni nazorat qilgan
holda oqava suvlarni tozalash mumkin.
Ayrim mikroblar molekulalarda shunday o‘zgartirish kiritadilarki, hosil
bo‘lgan molekulyar boshqa mikroblar yoki ularni shtamlari ta’sirida yengil
parchalanadilar. Bunday “kometabolizm”ni Dafton va Xsi (Kaliforniya universiteti
AQSh) kuchli toksinlik xususiyatiga ega bo‘lgan paration insektitsidini
Pseudomonas
ning 2 ta shtammi ta’sirida parchalanishi misolida ko‘rsatib berishga
erishganlar.
Toksik molekulaning kimyoviy o‘zgarishining natijasi, ularni to‘liq
parchalanishi emas, balki detoksifikatsiyasi (zaxarsizlanishi) hisoblanadi, bu
jarayon molekulani fosforillanishi, metillanishi, atsetillanishi va boshqa jarayonlar
orqali namoyon bo‘ladi. Detoksifikatsiyani katalizlovchi fermentlar, plazmida
tarkibidagi genlar bilan kodlanadi. Olimlar kuchli va ko‘p ishlatiladigan gerbitsid –
2,4,5-T (2,4,5-trixlorfenoksisirka kislotasi)ni parchalovchi mikrob kulturasini
olishga erishganlar. Ular, tozalash stansiyalaridan bir nechta mikroorganizmlarni
ajratib olib, ularni organik birikmalarni plazmidasi tarkibida parchalovchi
fermentlarni kodlaydigan geni bo‘lgan boshqa bakterial shtammlar bilan
aralashtirganlar. So‘ng aralashma, faqatgina 2,4,5-T saqlangan muhitda xemostatda
o‘stirilgan. 10 oydan so‘ng bakteriyalarning o‘sish sur’ati 2,4,5-T ni parchalovchi
bakteriyalar hisobiga tezlashgan.
Hozirgi zamon biotexnologiyasining ayniqsa, ekologik biotexnologich
fanining eng dolzarb muammolaridan biri, quyi parchalanuvchi zaxarli moddalar
va plastiklarni parchalash xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizm shtammlarini
gen injenerlik metodlari yordamida yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish
muammosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: