189
Fermentlarni immobillash usullari
: a - erimaydigan tashuvchilarda
adsorbsiyalanish; b - gel porasiga kiritish; v - yarimo‘tkazgich
membrana
yordamida fermentni reaksion sistemaning qolgan xajmidan fazoviy ajratish; g -
ikki fazali muhitga o‘tkazish, bu yerda ferment eriydi va fazalardan biridagina
joylashishi mumkin.
Adsorbsion immobilizatsiya fermentlarni immobillashning qadimgi usuli
bo‘lib, unga 1916 yili asos solingan. Bu usul juda oson va u fermentning suvli
eritmasi
bilan
tashuvchi
orasidagi
kontakt
hisobiga
amalga
oshadi.
Adsorbsiyalanmagan oqsil yuvib tashlangandan so‘ng ferment ishlatishga tayyor
bo‘ladi. Tashuvchining yuzasida fermentning
adsorbsiyalangan molekulasi,
tashuvchi va oqsilning yuzaki guruhlarining Van-der-vaals o‘zaro ta’sirlashuvi,
vodorod bog‘lari, elektrostatik va gidrofob o‘zaro ta’sirlashuvlar hisobiga
ushlanishi mumkin. Har bir bog‘lanish tashuvchining kimyoviy tabiati va ferment
molekulasining yuzasidagi funksional guruhlarga bog‘liqdir.
Tashuvchi bilan ferment o‘rtasidagi ta’sir, kuchli bo‘lib, biokatalizatorning
sorbsiyasi uning strukturasini buzishi mumkin. Masalan, ba’zi o‘simlik
hujayralarini sefadeks granulalarida adsorbsiyalanishida hujayra devori tashuvchi
zarrachasi yuzasining relefini takrorlab, deformatsiyalanishi mumkin. Adsorbsion
immobilizatsiyaning
afzalligi, uning qulayligi va sorbentlarning arzonligidadir.
Ularga istalgan konfiguratsiyani berish va kerakli darajada g‘ovak qilish
imkoniyati mavjud. Eng muhimi - bu metodning oddiyligidir. Adsorbsion
190
bog‘lanishda fermentni tozalash ham mumkin. Ushbu metodning kamchiligi
tashuvchi, hamda aniq bir fermentni immobillash uchun optimal sharoitni to‘g‘ri
tanlash imkonini beradigan umumiy yo‘riqnomaning yo‘qligidir.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni immobillangan fermentlarni gelga kiritish bilan
bartaraf qilish mumkin. Ushbu metod ferment molekulasini, polimer zanjirlardan
to‘qilgan 3 fazali to‘rga (gelga) o‘tkazishga asoslangan. Geldagi qo‘shni
zanjirlar
orasidagi o‘rtacha masofa kiritilgan ferment molekulasining xajmidan kichik
bo‘lishi kerak. Faqat shunday holatda ferment polimer matritsani tark etolmaydi va
atrofdagi eritmaga chiqolmaydi, ya’ni immobillangan holatd qoladi.
Fermentlarni gelda immobillashning 2 ta asosiy usuli ma’lum. Birinchisida,
ferment, monomerning suvli eritmasiga solinadi va keyin polimerizatsiyalanadi.
Natijada polimerli gel hosil bo‘ladi. Reaksion aralashmada ko‘pincha polimerga
uch o‘lchamli to‘r strukturasini beruvchi bifunksional (molekulasida 2 ta
funksional guruhi bor bo‘lgan) agentlar qo‘shiladi. Ikkinchi holatda ferment tayyor
polimer eritmasiga solinadi va unga gelsifat holatga o‘tkaziladi. Fermentlarni
polimer gelga kiritish bilan immobillash preparatga istalgan geometrik shakllar
berish
imkoniyatini
yaratish
bilan
birga,
tashuvchi
molekulasida
biokatalizatorlarni bir tekis taqsimlanishini ham ta’minlaydi. Shuning uchun hkm
bu metod universal hisoblanadi
va u deyarli barcha fermentlar, poliferment
sistemalar, hujayra fragmentlari va xatto hujayralarni immobillash uchun ham
qulaydir. Gelga kiritilgan ferment, bakteriyalar bilan zararlanishdan himoyalangan
bo‘ladi.
Membranalar yordamida fermentlarni immobillashning mohiyati shundaki,
bunda
fermentning
suvli
eritmasi
substratning
suvli
eritmasidan
yarimo‘tkazuvchan
membrana
yordamida
ajratilgan
holatda
turadi.
Yarimo‘tkazuvchan membrana substratning kichik molekulalarini oson o‘tkazadi,
katta molekulalarni esa o‘tkazmaydi.
Membrana tipidagi sistemadan foydalanish tarkibida ko‘p miqdorda ferment
bo‘lgan immobillangan preparatlarni olish imkonini beradi. Bu metod ham
universal va qulay.
Ikki fazali muhit yordamida fermentni immobillashda ferment sistemaning
bir fazasidagina eriydi. Substrat va mahsulot qaysi fazada
erishiga qarab ikkala
fazaaro taqsimlanadi. Fazalarning tabiati mahsulot qaysi fazada to‘planishi va u
yerda ferment bo‘lmasligiga ko‘ra tanlanadi, reaksii yakunlangandan so‘ng bu
fazani ajratib, undan mahsulot ajaratib olinadi. Fermentli fazani esa navbatdagi
jarayonda qayta ishlatish mumkin bo‘ladi.
Kimyoviy metod bilan immobillashda ferment molekulasi, xususan oqsil,
bilan tashuvchi o‘rtasida yangi kovalent bog‘ hosil bo‘ladi. Ushbu yo‘l bilan
immobillangan fermentlarning preparatlari 2 ta muhim yutuqqa ega.
Birinchidan,
tashuvchi bilan ferment o‘rtasidagi kovalent bog‘, hosil bo‘lgan kon’yugatning
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, tashqi muhit omillari, masalan rN, haroratga
chidamliroq bo‘ladi, ferment tashuvchidan desorbsiyalanmaydi, olinayotgan
mahsulotlarni ifloslantirmaydi. Bu esa, tibbiyot va oziq ovqatga mo‘ljallangan
jarayonlarni amalga oshirishda juda muhim.
Ikkinchidan, fermentlarni kimyoviy
yo‘l bilan modifikatsiya qilish, ularni katalitik faolligini, barqarorligini va boshqa
191
xossalarini istalgan tomonga qarab o‘zgartirish imkonini beradi. Bunda
fermentning faol markazini iloji boricha saqlab qolishga xarakt qilinadi.
Savollar
.
“Hujayra injenerligi” deganda nimani tushunasiz?
Protoplastlar nima?
Fermentlar injerligini maqsad va vazifalari.
Fermentlarni tozalash usullariga misollar keltiring.
Protsudent nima?
Fermentlarni immobilizatsiya qilish usullari haqida nimalarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: