181
Tuzlar bilan cho‘ktirish jarayoni ta’siriga ko‘ra, har xil oqsillarda har xil
bo‘ladi. Bu birinchidan, oqsil molekulasi sirtidagi gidrofob qismlarning miqdori va
xajmiga bog‘liq. Qancha shunday qismlar ko‘p bo‘lsa, oqsil shuncha tez
cho‘kmaga tushadi. Ba’zi oqsillar borki, tuzlarning eng yuqori konsentratsiyalarida
cho‘kmaga tushmaydi. Cho‘ktirish jarayonida oqsillar
yonida turgan boshqa
oqsillar bilan ham agregat hosil qilib cho‘kmaga tushishi mumkin. Bunda bir
qancha fermentlar kompleksini olish mumkin. Lekin fraksiyalarga bo‘lib
cho‘ktirilsa bir muncha yuqori natijaga erishish mumkin.
Oqsillarni tuzli eritmalarda eruvchanligi Konning empirik tenglamasiga
bo‘ysunadi:
lgS = lgS
o
- k
s
μ
bunda
S, S
o
- oqsilning tuzli eritma va toza suvdagi eruvchanligi;
k
s
– tuzlash
konstantasi,
μ
– eritmaning ion kuchi.
Tuzlar bilan cho‘ktirish jarayonini unumli o‘tkazish uchun
k
s
μ
ko‘rsatkichi
iloji boricha katta bo‘lishi kerak.
k
s
ko‘rsatkichi tuzning tabiatiga bog‘liq bo‘lib,
vodorod ionlari konsentratsiyasiga bog‘liq emas. Ushbu jarayon gidrofob o‘zaro
ta’sirga asoslangan bo‘lsada, uning borishiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham
mavjuddir. Ular: muhit rN ko‘rsatgichi harorat, ferment
eritmasining tozalik
darajasi, jarayonni o‘tkazish muddati va boshqalardir.
Tuz bilan cho‘ktirishda asosan ishqoriy metallarning neytral tuzlari
ishlatiladi. Har xil ionlarning cho‘ktirish samarasi ularning ion kuchiga bog‘liq.
Natriy tuzlarining anionlarini tuzlash ta’sir kuchiga qarab, quyidagicha
joylashtirish
mumkin:
SO
4
2-
>CH
3
COO
-
>Cl
-
>NO
3
-
>Br
-
>J
-
>CNS
-
,
hamda
kationlarni esa quyidagicha Li
+
>Na
+
>K
+
>( NH
4
)
+
.
Ferment preparatlarini tuz yordamida cho‘ktirilganda ularning tarkibida 60-
85% gacha har xil qo‘shimcha moddalar uchrashi mumkin. Ushbu jarayonning eng
qiyin
bosqichi, bu - tuzni qo‘shish va uni eritishdir. Eritmada tuzning lokal
konsentratsiyasini oshirib yubormaslik uchun u avval maydalanib, sekin astalik
bilan ma’lum bir qismdan qo‘shib boriladi va tinmay aralashtirib turiladi.
Aralashtirish davomida ko‘pik hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Jarayon
erigan na agregatlangan oqsillarning muvozanati hosil bo‘lguncha 20-40 min,
ba’zida bir necha soat davom etadi.
Tuz bilan cho‘ktirish juda ham ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lgan murakkab
texnologik jarayondir. Shuni esda tutish kerakki, tuz hech qachon fermentni
butunlay cho‘ktirmaydi, balki uning
eruvchanligini pasaytiradi, xolos. Agar
eritmada 1 mg/ml oqsil bo‘lsa uning 90%i cho‘kmaga tushishi mumkin, lekin
zritmada bor-yo‘g‘i 0,1 mg/ml oqsil bo‘lsa hech qanday ferment preparatini
olishning iloji bo‘lmaydi.
Neytral tuzlar bilan oqsillarni cho‘ktirib, ferment preparatlarini olish usullari
asosan chet ellarda keng ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: