182
solvatlanish qobiliyati pasayadi. Oqsilning gidrofob qismidagi suv molekulalari
organik erituvchi tomoniga o‘ta boshlaydi va natijada fermentning eruvchanligi
pasayadi. Oqibatda oqsil molekulalari agregatlanadi va cho‘kmaga tushadi.
Oqsillarni agregatlanish elektrostatik va Van-der-Vaals kuchlari ta’sirida,
alohida joylashgan oqsil molekulalari o‘rtasida yuzaga keladi.
Oqsillarni agregatlanish jarayoni va cho‘kma hosil bo‘lishi cho‘ktirishning
bir qancha omillariga bog‘liqdir. Shulardan biri oqsil molekulasining xajmidir.
Cho‘ktirish jarayonida oqsil molekulasining razmeri qanchalik katta bo‘lsa,
erituvchining salbiy ta’sir qiluvchi konsentratsiyasi shunchalik past bo‘ladi. Bu
bog‘liqlikka molekulaning
gidrofoblik darajasi, solvat qavatiga chidamliligi na
boshqa omillar ta’sir qilishi mumkin.
Cho‘ktirish uchun ishlatiladigan organik erituvchi suv bilan to‘liq aralashishi
va ferment bilan esa aloqada bo‘lmasligi kerak. Asosan bu jarayon uchun etil
spirti, atseton va izopropil spirti keng qo‘llanilsa, metanol, n-propanol, dioksan, 2-
metoksietanol va boshqa spirtlar, ketonlar, efirlar va ularning aralashmalari kamroq
ishlatiladi. Erituvchilarni tanlashda ularning zaxarligiga, portlash xavfidan
xolisligiga va pegeneratsiya bo‘lish qobiliyatiga e’tibor berish kerak.
Ishlab
chiqarish uchun eng yaroqlilari bo‘lib etil spirti va izopropanol hisoblansa,
atsetonning ko‘rsatkichlari esa sal pastroqdir. Bular orasida eng istiqbollisi
izopropanoldir. Bu erituvchilar yordamida fermentlarni komplekslarga ajratish
yoki fraksiyalar holida cho‘ktirib olish mumkin.
Ferment preparatlarini cho‘ktirish uchun nafaqat erituvchining tabiati va
konsentratsiyasi, balki elektrolitlarning ishtiroki, cho‘ktirish harorati, muhitning rN
ko‘rsatkichi, quruq moddalarning tarkibi na miqdori
kabi bir qancha omillarga
e’tibor berish kerak. Cho‘ktirish eritmasida ba’zi ionlarning uchrashi ferment
mo‘’tadilligiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, Sa
2+
ionlari a-amilaza, proteinaza,
glyukoamilaza fermentlari faolligiga ijobiy ta’sir qilsa, magniy, marganets, kobalt
kabi metall ionlari himoya vazifasini bajaradi. Shular bilan birgalikda ba’zi
metallarning (Fe
2+
, Pb
2+
, Si
2+
, Ag
2+
, Ni
2+
, AI
3+
, Hg
+
va x.k.) ionlari salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va ularning eritmada bo‘lishi maqcadra muvofiq emasdir.
Eritmada
elektrolitlarning bo‘lishi erituvchi sarfini kamaytirishga va cho‘kma strukturasini
yaxshilashga xizmat qiladi.
Fermentni cho‘ktirish jarayonida imkon boricha ferment eritmasini va
erituvchining harorati past bo‘lishiga harakat qilish kerak. Spirt va fermentning
suvli eritmasi aralashtirilganda, issiqlik ajralib chiqadi va aralashma harorati 5-
10
0
S ga ko‘tariladi. Agarda spirt oldindan sovutilgan bo‘lmasa fermentlarning
inaktivatsiyasini kuzatish mumkin. Bu hodisa nafaqat termoinaktivatsiyaga, hattoki
ferment molekulasini denaturatsiyasigacha olib keladi.
Ferment preparatlarini cho‘ktirishda rN ko‘rsatkichi
juda katta ahamiyatga
ega. Bir xil ferment eritmasidan har xil rN ko‘rsatkichi ta’sirida bir-biridan
cho‘kmasining miqdori va ferment faolligi bilan farq qiluvchi preparatlar olish
mumkin. Ma’lumki, fermentlar o‘zlarining izoelektrik nuqtalarida oqsil agregatlari
hosil qilib to‘liq cho‘kmaga tushadilar. Oqsillarni izoelektrik nuqtalarida,
cho‘ktiruvchi reagentlar ishlatmasdan cho‘ktirish jarayoni, izoelektrik cho‘ktirish
deyiladi. Organik cho‘ktiruvchilarni izoelektrik nuqta rN ko‘rsatgichiga yaqii rN
183
da qo‘llash fermentlarni oson cho‘ktirish va erituvchini
kam miqdorda sarflash
uchun xizmat qiladi. rN ko‘rsatkichi izoelektrik nuqtadan chetga chiqsa, cho‘kma
unumi va ferment faolligi 30-50% gacha yo‘qotiladi.
Faol fermentni preparat yoki mo‘’tadil strukturali cho‘kma holida olish
uchun eritmada 10-12% atrofida quruq modda miqdori bo‘lishi kerak. Ko‘p
tadqiqotlardan
ma’lumki, fermentlarni cho‘ktirishda, ayniqsa proteolitik
fermentlarni, miqdori kam quruq moddaning eng optimal miqdori esa, 10% dan
ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yuqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan
aloqada bo‘lish muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to‘xtovsiz
ishlaydigan cho‘ktiruvchilarda ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir,
bu albatga ferment faolligini kamayishini oldini oladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish samaradorligi shu jarayonga
mo‘ljallangan uskunaga ham uzviy bog‘liqdir. Bunday
uskunalar asosan ferment
eritmalarini qabul qilgich, to‘xtovsiz aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini
to‘xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va avtomatizatsiya tizimlaridan
tuzilgan bo‘ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi va erituvchi
murakkab harakat yo‘nalishi bo‘ylab qisqa vaqt ichida aralashib o‘tadi va natijada
hosil bo‘lgan aralashma separator qismiga uzatiladi. Separatorda cho‘kmaga
tushgan oqsil molekulalari ajratib olinadi. Bunday qurilmada ferment bilan
erituvchining aloqa muddati o‘n marotabagacha qisqartiriladi. Bunda fermentning
cho‘kmaga tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho‘kma
har xil usullar bilan mo‘’tadil sharoitda quritib olinadi. Cho‘kma
tepasida qolgan
suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi bo‘ladi va u rektifikatsiya bo‘limida
regeneratsiya qilish uchun yuboriladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish unumi produtsent o‘stirilgan ozuqa
muhiti tarkibiga va ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: