P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

13.4. Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi
Kimyoviy enzimologiya metodlarini rivojlanishi, biologik katalizatorlarning 
yangi tipi – immobillangan fermentlar yaratiishiga olib keladi. Ma’lumki, toza 
fermentlar, birinchidan, uzoq vaqt saqlanmaydi, hamda turli ta’sirlarga, ayniqsa 
issiqlikka chidamsiz, ikkinchidan, ularni qaytadan ishlatish imkoni yo‘q. 
Immobillangan fermentlarning yaratilishi bilan sanoat ishlab chiqarishida toza 
fermentlardan foydalanishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar bartaraf etildi. 
Immobillangan fermentlar fermentativ jarayonni uzluksiz o‘tkazish va 
reaksiya tezligini boshqarish imkonini beradi. Fermentlarni immobillash bilan 
tashuvchining xususiyatini o‘zgartirish hisobiga ularning katalitik faolligi 
boshqariladi.
“Immobillangan fermentlar” atamasi, fazoda oqsil molekulari harakatlanish 
erkinligini istalgan holatda cheklanishini anglatadi.
Fermentlarni immobillashda ishlatiladigan tashuvchilar

Fermentlarni immobillash uchun organik va noorganik tabiatga ega bo‘lgan 
tashuvchilar ishlatiladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
- yuqori darajada kimyoviy va biologik turg‘unlik; 
- yuqori darajada kimyoviy barqarorlik; 
- ferment va substratlar uchun yetarli darajada o‘tkazuvchanlik; 
- yetarli darajada g‘ovaklikga va solishtirma sirtga ega bo‘lishlik; 
- texnologik jihatdan qulay bo‘lgan shakllarda olinishi (granulalar, 
membranalar); 
- oson aktivlanish; 
- yuqori darajada gidrofillik; 
- arzon bo‘lishlik va h.k. 
Quyidagi rasmda tashuvchilarning klassifikatsiyasining chizma xolatdagi 
ko‘rinishi keltirilgan: 


 187 
Fermentlarni 
immobilizatsiyasida 
ishlatiladigan 
tashuvchilarni 
klassifikatsiyasi. 
Organik (polimer va quyimolekulyar) tashuvchilar tabiiy yoki sintetik 
bo‘lishlari mumkin. Tabiiy polimer organik tashuvchilar o‘z navbatida 
biokimyoviy klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadilar: polisaxaridli, oqsilli 
va lipidli. 
Sintetik polimerlarni makromolekulasining asosiy zanjirini kimyoviy 
tuzilishiga ko‘ra polimetilenli, poliamidli, poliefirli guruhlarga bo‘lish mumkin.
Fermentlarni immobillash uchun tabiiy polisaxaridlar va polimetil tipidagi 
sintetik tashuvchilar ko‘proq ishlatiladi. Buning sababi ularda kimyoviy 
reaksiyalarga oson kirisha oladigan reaksion xususiyatli funksional guruhlarni 
mavjudligi, hamda ularning gidrofilligidir. Kamchiligi esa, mikroorganizmlarning 
ta’siriga chidamsiz va tan narxining qimmatroq ekanligi bilan bog‘liq. 
Polisaxaridli tashuvchilardan sellyuloza, dekstrin, agaroza va ularning 
hosilalari keng ishlatiladi. Sellyuloza gidrofil xossaga ega, unda gidroksil 
guruhlarni soni ko‘p, bu esa, uni molekulaga turli guruhlar kiritishni 
osonlashtiradi. Sellyulozani qisman gidrolizga uchratib, (bunda amorf uchastkalari 
buziladi) granula xoliga keltirilsa, uning mexanik mustahkamligi oshadi. Gidroliz 
davomida buzilgan amorf uchastkalar o‘rniga sellyulozani g‘ovakliligini saqlab 
qolish maqsadida, uning kristall uchastkalari orasiga kimyoviy chok kiritish orqali
sellyulozani DEAE-sellyuloza, KM-sellyuloza,ekteola-sellyuloza singari turli 
modifikatsiyaga uchragan hosilalariga aylantirish mumkin. 
Dekstran asosida ishlab chiqilgan “Sefadeks”lar deb nomlanuvchi 
tashuvchilar ham keng ishlatiladi. Quritilganda ular oson siqiladi, suvda kuchli 
shishadi. Ushbu tashuvchilardagi g‘ovaklarining xajmi “choklilik” darajasi bilan 
boshqariladi. Dekstranlarning mazkur guruhiga kraxmal ham kiradi. Kimyoviy 
modifikatsiyalangan kraxmal, har xil agentlar bilan “tikiladi”, masalan formaldegid 
bilan. Shunday yo‘l bilan gidrolitik, fermentlar ta’siriga nisbatan chidamli bo‘lgan 
g‘ovak kraxmal olingan. Dekstran asosida yaratilgan, suvda eruvchan preparatlar 
tibbiyot amaliyotida dorivor vositalarni tashuvchi sifatida ham keng ishlatiladi. 
Suv o‘tlaridan olinadigan agar-agar ham yaxshi tashuvchi hisoblanadi. Uni 
diepoksid birikmalar bilan kimyoviy tikib, xossasini o‘zgartirish, kerakli bo‘lgan 
tomonga oshirish mumkin. Bunday tashuvchi agar-agar issiqlikka chidamli, pishiq 
va oson modifikatsiyalanadi. 


 188 
Tashuvchi sifatida oqsillar bir qancha afzalliklarga egadirlar: sig‘imli, 
biodegradatsiyaga uchraydi, ulardan yupqa membrana (qalinligi 80 mkm) sifatida 
foydalanish mumkin. Oqsillar fundamental biologik tadqiqotlarda, tibbiyotda 
ko‘proq ishlatiladi. Kamchiligi esa, yuqori immunogenlikka egaligidir. 
Immobillash uchun ko‘proq strukturali (keratin, fibrin, kollagen), harakatchan 
(miozin) va tashuvchi (albumin) oqsillardan foydalaniladi. 
Sintetik polimer tashuvchilar, fermentlarni kovalent va adsorbsion 
immobillashda, ularni gel va mikrokapsulalar xolatdagi shakllarini olishda 
ishlatiladi. Sorbsion immobillashda stirol asosidagi polimerlar ishlatiladi. Ular 
makroporali, izoporali hamda geteroporali strukturaga ega bo‘ladi. Polimer gidrofil 
tashuvchilar olish uchun akril kislotasining hosilasi – akrilamiddan foydalaniladi. 
Ferment va hujayralarni fazoviy-to‘rli strukturali poliakrilamid gelga kiritish 
metodi hozirda keng qo‘llanilmoqda. Poliakrilamid geli kimyoviy ta’sirlarga 
chidamlidir. Poliamid tashuvchi guruhi ham qiziqarlidir. Bu amid guruhi (-S(O)-
NH-) bir necha marta qaytarilib keladigan turli geterozanjirli polimerlar guruhidir.
Masalan, 
N-vinilpirrolidon 
asosidagi 
polimerlar 
organizmda 
sekin
parchalanadigan fermentlarni immobillash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ular 
biologik inert bo‘lganligi uchun tibbiyot amaliyotida ham ishlatiladi. Kamchiligi 
esa, uning organizmda to‘planib qolishidir. Bu jihatdan fermentlar ta’sirida 
gidrolizlanadigan tabiiy polimerlar ahamiyatlidir. Shuning uchun dori vositalariga 
dekstran, sintetik tashuvchilardan N-vinilpirrolidon asosida tayyorlangan
polimerlar qo‘shib ishlatish yaxshi natijalar beradi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin