155
Natriy tuzi ko‘rinishida ziravor sifatida ishlatiladigan glutamin kislotasi
Brevibacterium flavum
va
Corynebacterium
glutaminicum kulturalaridan olinadi.
Sanoatda keng ishlatiladigan organik kislotalardan biri sirka kislotasi
hisoblanadi. U, rezina, plastmassa, atsetat tolalari, farmatsevtik preparatlar,
insektitsidlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yaponiyada sirka kislota, aminokislota
ishlab chiqarish jarayonida olib boriladigan fermentatsiyada substrat sifatida ham
ishlatiladi.
Sut kislotasi, bijg‘ish yo‘li bilan olingan birinchi organik kislotadir. U oziq
ovqat sanoatida oksidlovchi sifatida, shuningdek, galvanostegiyada va tez
parchalanuvchi plastmassa ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Ikkilamchi metabolitlarning olinishi
.
Ikkilamchi metabolitlar (idiolitlar ham deyiladi) – toza kulturada o‘sish
uchun zarur bo‘lmagan past molekulali birikmalardir. Ularni chegaralangan
taksonomik guruhlar ishlab chiqaradilar. Ikkilamchi metabolitlarga antibiotiklar,
alkaloidlar, fitogormonlar va toksinlar kiradilar.
Ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar birinchi
bosqichda tez o‘sadi, so‘ng tropofaza bosqichini o‘taydilar. Bu bosqichda kam
miqdorda ikkilamchi moddalar sintezlanadi. Mikroorganizmlar o‘stirilayotgan
ozuqa muhitida bitta yoki bir nechta ozuqa moddalarini kamayishi hisobiga
idiofazaga o‘tiladi. Aynan shunday sharoitda idiolitlar sintezi kuchayadi.
Antibiotiklar olinayotganda, mikroorganizmlar ko‘pincha tropofaza vaqtida
o‘zining shaxsiy antibiotiklariga sezgir bo‘lib qoladi. Idiofazada esa ularga
nisbatan chidamli bo‘ladi. Antibiotik ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarni o‘z-
o‘zini yo‘q qilishini oldini olish maqsadida, tezlik bilan idiofazaga o‘tqazib olishga
xarakat qilinadi. So‘ngra mikroorganizmni ushbu fazada o‘stirish davom ettiriladi.
Antibiotiklar – mikroblar sintezlaydigan farmatsevtik birikmalarning eng
katta sinfidir. Bu sinfga zamburug‘larga qarshi dorilar, o‘smaga (shishga) qarshi
dorilar va alkaloidlar kiradi.
Filamentoz zamburug‘larning 6 turi (xususan, sefalosporinlar ---
Dostları ilə paylaş: