127
xushbo‘y no‘xat, burchoq va nutda - rizobium legiminozarum, lyupin ildizida -
rizobium lupini bakteriyalari tugunaklar hosil qiladilar. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, tugunak bakteriyalarda har xil dukkakdosh o‘simliklarga nisbatan
moslanish xususiyati bor, lekin, har bir o‘simlikni o‘ziga mos bo‘lgan bakteriya
turlari mavjud. Shu xususiyatiga ko‘ra, ularni quyidagi gruppalarga bo‘lish
mumkin:
1) no‘xat, nut yovvoyi no‘xat, xina va burchoq bakteriyalari;
2) lyupin va seradella bakteriyalari;
3) beda va qashqarbeda bakteriyalari;
4) loviya bakteriyalari;
5) soya bakteriyalari;
6) sebarga bakteriyalari.
Bular, tugunaklar hosil qilish va azot to‘plash faolliklari jihatidan ham bir
gruppa ichida bir-biridan keskin farq qiladilar.
Keyingi yillarda, nishonlangan azot bilan olib borilgan tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, tugunak bakteriyalar o‘zi azotni o‘zlashtira olmasdan, faqat
dukkakdosh o‘simlik bilan birga bo‘lgandagina o‘zlashtirar ekan.
Tuproqdagi tugunak bakteriyalarni ajratib olish uchun Krasilnikov va
Korenyanko (1940) metodi qo‘llaniladi. Buning uchun dukkakdosh o‘simliklar
urug‘i sulema (HgCl
2
) eritmasi yordamida sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan
yuviladi. Keyin urug‘ mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi.
Bakteriya yuqtirish uchun tuproq eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Agar, tuproqda
tugunak bakteriyalar bo‘lsa, ular o‘simlikda tugunaklar hosil qiladi. Ular 2-3
haftadan so‘ng aniq ko‘rinadi. Dukkakdosh o‘simlik ildizidan qirqib olingan
tugunakdan NH
3
ajraladi. Fin olimi Virtanenning fikricha, tugunak bakteriyalar
azot o‘zlashtirganda, eng avval asparagin kislota hosil bo‘lar ekan:
yoki
gidroksilamin
asparagin kislota
Uglerod manbai
sirka kislota oksalat
Virtanen fikricha, bakteriyalar ko‘p miqdorda azot o‘zlashtirar ekan, uning
bir qismi ildizlardan gidroksilamin va oksalat-sirka kislota shaklida ajralib chiqar
ekan.
Dostları ilə paylaş: