P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Nitrafikatsiya va denitrafikatsiya jarayonlari



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

7.2. Nitrafikatsiya va denitrafikatsiya jarayonlari
Nitrifikatsiya jarayoni
.
Ammonifikatsiya jarayonida hosil bo‘lgan 
ammiakning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, qolgan qismi 
nitrifikatsiya jarayonida azot kislotagacha oksidlanadi. Nitrifikatsiya jarayonida 
ishtirok etadigan bakteriyalarni 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu jarayon 
ikki fazada boradi: 
Birinchi fazada Nitrosomonas avlodiga kiruvchi bakteriyalar ishtirok etadi 
va NH
3
ni HNO
2
gacha oksidlaydi: 
2NH
3
+ 3O
2
→ 2HNO
2
+ 2H
2
O + 658 kJ 
Ikkinchi fazada Nitrobacter avlodiga kiruvchi bakteriyalar ishtirok etadi. 
Ular HNO
2
va HNO
3
gacha oksidlaydi: 
2HNO
2
+ 3O
2
= 2HNO
3
+ 180 kJ 
Nitrobacter tuxumsimon shakldagi kurtaklanuvchi bakteriya, rivojlanish 
siklida harakatchan bosqichni ham o‘tadi. 
Nitrosomonas va Nitrobacter doim birga uchraydi, birining hosil qilgan 
mahsuloti, ikkinchisi tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunga 
metabioz
deyiladi. Birining 
hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi uchun oziqa manbai hisoblanadi. 
Nitrifikatorlar ximiyaviy energiya hisobiga S0
2
va N
2
O dan organik 
moddalar sintezlaydi, energiyani esa NH
3
ning HNO
2
gacha va HNO
2
ning HNO
3
gacha oksidlanishidan oladilar, ya’ni xemosintez jarayonini amalga oshiradilar. 
Nitrifikatsiya jarayonining birinchi bosqichi ikkinchisnga nisbatan jadal 
o‘tadi, chunki birinchi bosqichda 658 kJ, ikkinchi bosqichda atigi 180 kJ energiya 
ajraladi. 


 123 
Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o‘simliklar singari, 
SO
2
ni yoki NaNSO
3
ni o‘zlashtiradi. Bikarbonatlar tez parchalanib, SO
2
hosil 
qiladi: 
2NaHCO
3
→ Na
2
CO
3
+ CO
2
+ H
2

Vinogradskiy, nitrifikatorlar organik moddalarga nisbatan juda sezgir 
ekanligini aniqlaydi, juda sezgir, agar muhitda bir oz ko‘proq organik modda 
yig‘ilib qolsa, bakteriyalarning o‘sishi sekinlashadi, agar yanada ko‘proq to‘plansa, 
bakteriyalar 
butunlay 
o‘sishdan to‘xtaydi. Bularni quyidagi 8-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 
8-jadval 
Nitrifikatsiyalovchi 
bakteriyalarning 
o‘sishiga organik moddalarning ta’siri 
Moddalar 
Nitrozomonas 
Nitrobakter 
o‘sishni 
sekinlashtiradi 
(%) 
o‘sishni 
to‘xtatadi (%) 
o‘sishni 
sekinlashtiradi
(%) 
o‘sishni 
to‘xtatadi
(%) 
Uzum shakari 
Pepton
Asparagin
0,025 
0,025 
0,025 
0,05 
0,2 
0,3 
0,05 
0,08 
0,05 
0,2 
1,25 
0,5 
Nitrozomonas bir qism uglerod o‘zlashtirishi uchun, 35 qism azot, 
nitrobakter esa 135 qism azot oksidlashi kerak, buni quyidagi jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 
9-jadva

Nitrozomonas 
va 
nitrobakteriyalarning 
uglerod 
o‘zlashtirishi 
bilan azotni oksidlashi orasidagi bog‘lanish 
Nitrozomonas birligi 
Oksidlangan azot
O‘zlashtirilgan uglerod
Azotning uglerodga nisbati 
722,0 
19,7 
36,6 
506,1 
17,2 
33,3 
928,3 
26,4 
35,2 


 124 
Natrobakter 
Oksidlangan azot 
O‘zlashtirilgan 
uglerod 
Azotning uglerodga nisbati 
475 
3,52 
135 
46 
3,55 
131 
385 
2,63 
146 
Albatta, fotosintezga nisbatan xemosintez jarayonida oz miqdorda organik 
modda sintezlanadi, lekin xemosintez jarayonining o‘ziga xos xususiyati bor, 
chunki shu yo‘l bilan ham organik moddalar sintezlanishining o‘zi muhim 
ahamiyatga ega va boshqa organizmlarning yashashi uchun zamin tayyorlaydi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin