P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


  6.4. Temir bakteriyalari



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 


 118 
6.4. Temir bakteriyalari.
1888 yilda Vinogradskiy temir bakteriyalarida uchraydigan xemosintez 
jarayonini kashf etdi. Bu bakteriyalar chuchuk va sho‘r suvlarda ko‘p tarqalgan 
bo‘lib, ikki valentli temir tuzlarini o‘zlashtirib, temir gidratlar hosil qiladi: 
4G‘eCO
3
+ 6H
2
O + O
2
= 4G‘e(OH)
3
+ 4CO
2
+ 167kJ 
Temir bakteriyalari ko‘l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo‘lishida 
ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B. V. Perfilev 
(1926 - 1927) ko‘l cho‘kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphaerothrix deb 
nomlagan. Keyingi yillarda (1952, 1961) u kapillyar mikroskopiya metodidan 
foydalanib, cho‘kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi – Metallogenium ni 
ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, 
temir konlari hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 
Tabiatda Met. galionella mikoplazmalar shaklida tarqalgan. Temir 
bakteriyalari orasida kokksimon, tayoqchasimon va ipsimon formalar uchraydi. 
Ko‘pchiligi fakultativ avtotrof bo‘lib, ipsimon vakillari ko‘ndalangiga bo‘linnb 
yoki harakatchan konidiyalar yordamida ko‘payadi. Mikroorganizmlarning atigi 
0,1% agarli muhitda o‘sa oladi. Shuning uchun mikroorganizmlarni tekshirish 
ishlarida tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. 
Shu maqsadda mikrobiologlar ko‘pincha shisha plastinkalarni ma’lum muddatga 
tuproqqa ko‘mib yoki suvga botirib ko‘yadilar, so‘ngra ularga yopishib kolgan 
mikroorganizmlarni tekshiradilar. 
Mikroorganizmlarni tekshirishda mikroskopiya metodlari ham qo‘llaniladi. 
Ko‘pgina bakteriyalarning bioximiyasi, fiziologiyasi ana shu metod bo‘yicha 
o‘rganiladi. Lekin kapillyar mikroskopiya metodi kelgusida yana ham keng 
imkoniyatlarga yo‘l ochib beradi va undan mikrobiologiyaning boshqa 
tarmoqlarida ham foydalanish imkoni tug‘iladi. 
Perfilev kapillyar mikroskopiya metodidan foydalanib, ilgari noma’lum 
bo‘lgan yirtqich bakteriyalar gruppasini - temir bakteriyalarning yangi avlodi - 
Metallogenium ni topib, ularning fiziologiyasi va morfologiyasini o‘rgandi. 
Masalan, yirtqich bakteriyalardan Dictyobacter harakatchan, ovalsimon yoki 
yumaloq shakldagi koloniyadan iborat. Koloniyasi bir uchi qayrilgan 
tayoqchasimon hujayralardan tashkil topgan, ularning uzunligi 2-6 nm, eni 0,7-1,2 


 119 
nm. Bu koloniya o‘zidan yirik bo‘lgan oltingugurt bakteriyalari bilan oziqlanadi
oltingugurt bakteriyalari bo‘lmagan holatlarda cho‘kmadagi eritmalar bilan ham 
oziqlanaveradi. 
Yirtqichlardan yana biri Syclobacter bo‘lib, koloniyasi yumaloq, hujayralari 
bir-biri bilan plazmodesmalar orqali bog‘lanadi. Bular 3-4 tadan to 30 tagacha 
bo‘lib birlashishi mumkin.
Syclobacter quyidagicha rivojlanadi. Birinchi fazada ipsimon, harakatchan, 
ikkinchi fazada yumaloq bo‘ladi. Qeyin alohida kichik kichik mikrokoloniyalar 
hosil qiladi Uchinchi fazada to‘rsimon mikrokoloniyalar hosil qiladi. Oldingi 
fazalarda mikrob saprofit usulda oziqlansa, keyingi fazalarda maxsus tutqich 
o‘simtalar hosil qilib, yirtkichlik bilan hayot kechira boshlaydi. 
Savollar

1. Tuproq hosil bo‘lishida mikroorganizmlar roli haqida. 
2. Oltingugurtning anorganik va organik birikmalari qanday hosil bo‘ladi? 
3. Tion bakteriya haqida nima bilasiz? 
4. Temir bakteriyalari qaysi muhim jarayonda ishtirok etadi? 
5. Perfilevning kapilyar mikroskopiya metodi yordamida qaysi bakteriyalar 
aniqlanadi? 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin