Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan
barcha vazifalarni bajarishi,
tijorat bankining yo‘riqnoma, xatlari va boshqa barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari, ulardagi
so‘ngi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Dasturda keltirilgan operatsiyalarni amaliyot
rahbari nazoratida mustaqil bajarishi va bu borada ko‘nikmalar hosil qilishi kerak.
Amaliyot davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda
har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda
yozib boriladi:
Sana
Amaliyotdagi
ish joyi
Bajarilgan ishlar
Rahbarning
imzosi
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan bank mas’ul
xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali tasdiqlaydi.
V. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA TIJORAT BANKI VA
INSTITUTDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishi uchun byudjetdan
tashqari tijorat bankining
buyrug‘i bilan tegishli viloyat, shahar va tumanlarga qabul qilinadilar
va ularga amaliyot
rahbari tayinlanadi. Dasturda belgilangan operatsiyalarni o‘rganishda amaliyotning umumiy
rahbari hamda har bir ishchi o‘rnida alohida rahbar tayinlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi
bilan uch kun ichida
amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini
nazorat qilib borishi talab qilinadi:
Dostları ilə paylaş: