KIRISH
Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning raqamli xizmat turlari va
ular sifatini oshishi, ular tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash negizida taqsimlash,
ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta'minlash imkonini oshiradi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor sohalardan biri
hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqib
olishni vazifasi belgilagan. Bank tizimidagi islohotlarning samarasi mazkur tizimda
faoliyat olib boruvchi kadrlarning malakasiga, ish tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Bank ishi
sohasida har tomonlama, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda, bo‘lg‘usi mutaxassislarning
pensiya ishi bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmalarga chuqurroq ega bo‘lishlarida, nazariya
va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashda malakaviy amaliyot muhim o‘rin egallaydi.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini,
moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada
ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish
bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini
oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” PF-5992-
son Farmoni qabul qilindi.
Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosan milliy ta’lim tizimini
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari
darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti
haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |