Ushbu muddat ichida talabalar ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston
Respublikasi
tijorat banklari bilan tuzilgan uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari filiallarida o‘taydilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadini amalga oshirish
asosida talabalar tomonidan
quyidagi vazifalarni hal etish belgilanadi:
-
amaliyot o‘tayotgan tijorat bankining tashkiliy tuzilmasining me’yoriy-huquqiy asosini
o‘rganish;
-
jumladan,
bank tizimi, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarni o‘rganish;
-
bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibi hamda miqdori bilan tanishish;
-
bankning chakana xizmatlarbo‘limi faoliyati va ularning ishlash mexanizmini o‘rganish;
-
tijorat banklari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish,
ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rganish;
-
amaliyot o‘tayotgan
tijorat banki, uning faoliyati, faoliyatining
ijobiy va salbiy jihatlari,
mavqei bo‘yicha o‘z xulosa va takliflarini shakllantirish;
-
amaliyot natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda
aks etgan materiallarning
mazmun-mohiyatini tushunib etish.
Dostları ilə paylaş: