Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning raqamli xizmat turlari va


̶ tijorat bankining moliyaviy hisobotlari



Yüklə 94,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix24.12.2023
ölçüsü94,81 Kb.
#192095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5242264647150606901

 
̶
tijorat bankining moliyaviy hisobotlari;
 
̶
kredit ajratish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi va tartibining tahliliga oid 
ma’lumotlar; 
̶
blokcheyn 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
uchun 
hujjatlarni 
tayyorlash 
ma’lumotnomalari; 
̶
kreditni rasmiylashtirish bilan bog‘liq normativ hujjatlar sharhi; 
Hisobotda o‘rganilishi lozim bo‘lgan har bir mavzu bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, 
ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng hisobot 10 kun ichida “Bank ishi” 
kafedrasiga taqdim etiladi. Bunda talaba quyidagilarni topshirishlari lozim: 
1.
Buyruqdan ko‘chirma; 
2.
Talaba tomonidan to‘ldirilgan va tijorat banki tomonidan tayinlangan amaliyot 
rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik; 


3.
Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan 
ishlar bo‘yicha yozma hisobot. 
Hisobot tituli amaliyot dasturning 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi 
rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan 
tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda 
amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari 
shu bilan birga yutuqlari ham ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha 
kamchiliklarni bartaraf etish lozim. 
Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va “Bank ishi” kafedrasi tomonidan belgilangan 
muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki (taqdimot shaklida ham) himoya 
qilinadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning 
nazariy jixatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy 
bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. 
Amaliyot hisoboti 5 ballik tizimda baholanadi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan 
tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. 
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan-kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda asos 
bo‘ladi. Amaliyot yakuni kafedra yig‘ilishi va amaliyot obyektining ishlab chiqarish kengashida 
muhokama qilinadi. Institut va fakultet Kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.

Yüklə 94,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin