Jami 36 *Izoh: Haftaning shanba kunlari talaba olgan ko‘nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq. III. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINING MAVZULAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI 1. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish Ushbu mavzu bo‘yicha talaba bankning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv organlari, bank
bo‘limlarining asosiy faoliyatlari bilan tanishadi, jumladan, bankning front-ofis bo‘limi,
bankning bek-ofis bo‘limi faoliyati bilan tanishadi, bank etikasi va bankning korporativ
madaniyatini o‘rganadi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi strukturasi va tijorat banklari
turlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar
yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinadi:
1. Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi;
2. Tijorat banki filialining tashkiliy tuzilmasi.
2. Tijorat banki filialida blokcheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o‘rganish Ushbu mavzu bo‘yicha talaba O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida foydalaniladigan
dasturlar(iABS, Globus, NCI, ASBT), bankda ishlatiladigan bank ichki dasturlari bilan
tanishadi, amaliyot o‘tilayotgan bankda ishlatiladigan dasturiy ta’minotning yutuq va
kamchiliklarini aniqlaydi, “Bank-mijoz” dasturi faoliyatini ko‘rib chiqadi hamda o‘rganish
natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinadi:
1. Tijorat banki fililali faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati;
2.Tijorat banki filialida foydalaniladigan tegishli dasturiy ta’minotning qo‘llanish
bo‘yicha yo‘riqnomasi.