TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI HISOBOTINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI: Baho Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi 5 (a’lo) talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha mustaqil xulosa va qaror qabul
qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, mavzularning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
4 (yaxshi) talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha mustaqil mushohada yuritadi, olgan
bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay
oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb
topilganda;
3 (qoniqarli) talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda
mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
2 (qoniqarsiz) talaba dasturda belgilangan mavzularni o‘zlashtirmagan, mohiyatini tushunmaydi
hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
Ishlab chiqarish amaliyot davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq
bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot
himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba
tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga
o‘tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va kelasi o‘quv yili talaba amaliyotni qayta o‘taydi.