3.
Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan
ishlar bo‘yicha yozma hisobot.
Hisobot tituli amaliyot dasturning 1-ilovasida
keltirilgan namunadagi kabi
rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan
tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda
amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan
hisobotning kamchiliklari, xatolari
shu bilan birga yutuqlari ham ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni
kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha
kamchiliklarni bartaraf etish lozim.
Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va “Bank ishi” kafedrasi
tomonidan belgilangan
muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki (taqdimot shaklida ham) himoya
qilinadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning
nazariy jixatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish
qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy
bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi.
Amaliyot hisoboti 5 ballik tizimda baholanadi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan
tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan-kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda asos
bo‘ladi. Amaliyot yakuni kafedra yig‘ilishi va amaliyot obyektining ishlab chiqarish kengashida
muhokama qilinadi. Institut va fakultet Kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
Dostları ilə paylaş: