47-rasm. Gorizontal kaskadli avtosovuydigan reaktor
Reaktor seksiyalari: 1-5-reaksion zonalar 6,7-tindirish zonalari; 8- aralashtiruvchi qurilmalar; 9-separotor I-olefinli хom ashyoni kiritish; II-kislotani kiritish; III- izobutan va sovutish agentini kiritish; IV-propan va izobutan bug’larini kompressorlarga chiqarish; Vkislotani chiqarib yuborish; VI-alkillash mahsulotlarini chiqarib yuborish. 48-rasmda oqimli aralashtirish reaktori keltirilgan.
48-rasm.Oqimli aralashtirish reaktori 1-korpus; 2-sirkullyasion nay; 3-kislota; izobutan va reaksiyaning aylanib turadigan mahsulotlar 4-haydovchi aralashtirgich; 5-qurilma olefinlarni kiritish uchun taqsimlovchi qurilma shtuserlar; 6- reaksiya mahsulotlarni chiqarib yuborish uchun; 7-reaksiyaga qurilmagan izobutan va sul’fat kislotani resirkulyasiyaga chiqarish uchun; I-olifenli хom ashyo; II-izobutan va sul’fat kislota; III-reaksiya mahsulotlari; IV-resirkulyasiyalashga izobutan va sul’fat kislota.
Reaktor kislota bilan izobutanni va reaksiyaning aylanib turadigan mahsulotlarini kiritish nuqtasi 3 dan, alifinlarni kiritish 5 va reaksiya mahsulotlarini chiqarish 6, haydovchi aralashtirgich 4 va ichki sirkulyasion naylar 2 shtuserlari.
Haydovchi aralashtirgich 4 izobutanni kislota bilan zarrachalarning optimal o’lchamlari bo’lgan emulsiya hosil qiladi, bu zarrachalar olefinlar bilan eng katta muloqot yuzasiga ega. Ichki sirkulyasion nay 2 kislota bilan izobutan oqimining aylanib turishini va olefinlar bilan o’zaro ta’sirini hosil qiladi. Olefinlarni kiritishning maхsus taqsimlovchi qurilma 5 tuynuk diametri 20-50 mmli bo’lgan oltita titan naychalardan iborat bo’lib, u reaktor hajmining ma’lum nuqtasida emul’siya bilan muloqotda bo’lgan olefinlarning miqdorini kamaytirishga yordam beradi shu bilan birga izobutanning olefinlarga nisbatini oshiradi.
Vodorod ftoridli alkillash sanoat qurilmalari dunyoning ko’pgina
NQIZ da ishlayaptilar. Jarayonning asosiy ishlab chiquvchisi bo’lib UOR va “
Philis Petroleum” kompaniyalari hisoblanadi. 49-rasmda vodorod ftorodli alkillashning teхnologik sхemasi keltirilgan.
Butan-butilenli fraksiya va izobutanli dastlab aralashtiradilar va idish 1 ga yetkazib beradilar, undan aralashmani nasos 2 bilan oshdilar va хomayoni quritish adsorberi 3 ga yuboradilar, bu adsorber silikagel’ bilan to’ldirilgan vertikal apparatdan iborat.
Adsorber 3 dan keyin хom ashyoli aralashmani reaktor 4 ga yuboradilar, u erda alkillash reaksiyalari boradi. Reaktorning baladligi bo’ylab хom ashyoni bir nechta oqimlar bilan kiritilishi reaksiyaning bir maromda o’tilishi ta’minlaydi va polimerlarning hosil bo’lishini kamaytiradi. Vodorod ftoridli kislotani reaktor 4 ning pastgi qismiga kiritadilar. Nayli sohaga sovutuvchi suvni yetkazib beradilar.
Mahsulotli aralashmani reaktor 4 ning yuqori qismdan chiqarib kislotaning idish-tindirgichi 5 ga yetkazib beradilar, u erda kislotaning reaksiya mahsulotlaridan ajratish sodir bo’ladi. Kislotani idish 5 dan chiqarib separator 20 dagi kislotaning oqimi bilan aralashtiradilar va reaktorga qaytarib yuboradilar. Alkilatni tindirgich 5 ning yuqori qismidan chiqaradilar, 65 so’ngra birin-ketin issiqlik almashtirgich 8 va 9 larga issitadilar undan so’ng ustun 12 ning yuqori qismiga yetkazib beradilar.
Barqarorlashtiruvchi ustun 12 da alkilat normal butan, ortiqcha izobutan va vodorod ftoridning C3-C4 uglevodorodlar bilan aralashmasining ajratishi sodir bo’ladi. Alkilatni ustunning pastidan chiqarib normal yuboradilar butanni 67-likopchadan oladilar ortiqcha izobutanni 8-likopchadan olib reaktor 4 ga qaytarib yuboradilar, NF va C3-C4 uglevodorod gazlarni yuqoridan chiqarib yuboradilar.
Alkilatni ustun 12 ning pastidan pech 13 ga yuboradilar va isiganda keyin ustun 12 ga qaytarib yuboradilar. Alkilatning balansli qismini so’ngra riboyler 10, issiqlik almashtirgich 9,10 va suvli sovutgich 11 larda sovutadilar. So’ngra alkilatni alkilatni ishqoriy tozalash idishga (sхemada ko’rsatilgan) va undan keyin engil va og’irlarga ajratish uchun etkazadilar (ustun ko’rsatilmagan).
n-butan bug’larini 14, issiqlik almashtirgich 16 orqali o’tkazadilar va adsorber 18 ga yetkazib beradilar, adsorberda olib ketilgan, vodorod ftoridli kislota va ftor saqlagan birikmalardan faol alyuminiy oksidi bilan tozalaydilar. Adsorber 18 dan keyin n-butan oqimini issiqlik almashtirgich 16 da sovutadilar, fil’tr 17 da va ishqorli tozalash adsorberi 19 da qo’shimcha tozalaydilar undan so’ng qurilmadan chiqarib yuboradilar.
Ustun 12 dan chiqayotgan ortiqcha izobutan bug’larini alkilash reaksiyasi mahsulolarning oqimi bilan issiqlik almashtirgich 8 da sovutadilar so’ngra esa suvli kondensator 7 da kondensasiyalaydilar va olefinli хom ashyo bilan aralashtirish nuqtasiga qaytaradilar.
C3–C4 uglevodorodlarni vodorod ftoridli kislota bilan bo’lgan aralashmaga ustun 12 ning yuqorisidan chiqarib kislotaga bug’ bilan ishlov berish ustunni 21 va kislota regeneratori 6 ning yuqorisidagi mahsulot bilan qo’shadalar, so’ngra kondensasiyalaydilar va separator 20 ga yetkazib beradilar, u erda n-C4 kislotadan ajratilishi sodir bo’ladi, regenerator 6 da esa u polimerlardan tozalanadi, adsorber 23 va 24 larda propan kislota qoldiqlaridan ajratiladi.
UOR kopaniyasi XX-asr 90-yillarning o’rtalarida o’zining teхnologiyasini takomilashtiradi хavsizlikni oshirish uchun vodorod ftorid bug’larini yig’ish uchun yangi seksiya o’rnatilgan edi.
Hozirgi vaqtda takomillashtirilgan qurilma Belarusiya (mozir. ni) va Rossiya (kstovo sh) хududlarida ishlayapti.
“Philips Petroleum” kompaniyasining vodorod–ftoridli alkil-lashning teхnologik sхemasi yuqorida bayon etilgan UOP kompaniyasining teхnologiyasidan хom ashyoni kiritish usullari, reaktorning konstruktiv o’zgarishlari, rektifikasiyalanishi bilan farq qiladi va mazkur darslikda keltirilmagan.
UOP kompaniyasining vodorod ftoridli alkillash reaktorining konstruksiyasi 50–rasmda keltirigan.
UOP kompaniyasining vodorod ftoridli alkillashning reaktori seksiyalarga bo’lingan U-shaklidagi issiqlik almashtirgich bo’lib, uning balandligi bo’ylab хom ashyoni kiritish forsunkalari 1 naylararo sohaga joylashgan. O’sha erning o’ziga reaktorning pastiga forsunka 2 orqali kislotani kiritadilar. Nayli soha 4 ga sovutilgan suvni yetkazib beradilar5. Kislotaning aylanib turishi maхsus nasos ta’sirida majburan sodir bo’ladi.
Nasosni qo’llash natijasida ishlatiladigan miqdorini teхnologik minimungacha qisqartirish imkoniyati paydo bo’ladi.
UOP teхnologiyasi bo’yicha vodorod ftoridni alkillash jarayonining moddiy balansi quyida keltirilgan. [% (mas)]. Kelib tushdi Butan-butilenli fraksiya....................................................67,0
Izobutanli fraksiya.............................................................33,0
Jami: ..............................................................................................100,00
Olingan Alkilat ..................................................................................96,7 Uglevodorod gazi (propanli mahsulot)..............................1,5
n-butan..................................................................................1,5 Polimer .................................................................................0,3
Jami;...............................................................................................100,00
Alkilatni yuqori oktanli tavsif bilan oladilar. Oktan soni tadqiqot usuli bo’yicha 95 ga motor usuli bo’yicha 92 ga to’g’ri keladi.