Mavzu: Parallel kompyuterlarningamaliyklassifikatsiyasi Ishdanmaqsad: Parallel kompyuterlartuzilishinio’rganish, amaliyklassifikatsiyasibilantanishibchiqish, arxitekturasiva parallel massivlitizimlarbilantanishish. Nazariy qism Parallel massivlitizimlar (MPP) Arxitektura. Tizim quyidagi bir xil xisoblash tugunlaridan tashkil topgan:
bir yoki bir nechta markaziy protsessorlar (odatda, RISC);
lokal xotira (boshqa tugunlarning xotirasiga to’g’ridan to’g’ri kirish mumkin emas);
ba’zida qattiq disk (xuddi SP dagidek) yoki boshqa qurilmalar.
Misollar.
IBM RS/6000 SP2;
Intel PARAGON/ASCI Red;
CRAY T3E;
Hitachi SR8000;
ParsytecTranspyuter tizimlar.
Qamrovliligi: Real tizimlar protsessorlarining umumiy soni bir necha mingtaga yetadi (ASCI Red, Blue Mountain).
Operatsion tizim. Uni qo’llanilishining ikki asosiy yondoshuvi mavjud:
Mukammal operatsion tizim faqat boshqaruv mashinasida ishlaydi (front-end). Masalan: Cray T3E.
Xar bir tugunda UNIX kabi mukammal operatsion tizim ishlaydi (klasterli yondoshuvga yaqin bo’lgan varianti). Masalan: xar bir tugunda aloxida o’rnatiladigan IBM RS/6000 SP + OS AIX.
Dasturlash modeli. Xabar o’zatish modeli doirasida dasturlash (MPI, PVM, BSPlib).