Mavzu: Parallel dasturlashningqo’llanilishsohalari.
Maqsad: Parallel dasturlashningqo’llanilishsohalarinio’rganish, tarmoqtexnologiyalari, superkompyuterlarklassifikatsiyalarinio’rganish.
Nazariy qism Insoniyatning qo’plab boshqa ajoyib ixtirolari kabi kompyuterlar ham xarbiy soxada foydalanish uchun ixtiro qilingan. Dastlab bu faqatgina dushman tomondan kelayotgan xabarlarni shifrdan ochishda qo’llaniladigan “tezkor xisob” dan iborat edi. Keyinchalik vaqt o’tishi bilan ularning xisoblash quvvati shunchalik o’sdiki, kompyuterlarni biznes va ishlab chiqarishda qo’llash imkoniyati paydo bo’ldi. SHu vaqtdan boshlab kompyuter texnikasining evolyutsiyasi Mur konunlariga bo’ysunishni boshladi: “kristalldagi tranzistorlar soni (shuningdek, kompyuterning samaradorligi ham) xar ikki yilda ikki baravar ortadi”.
So’nggi paytlardagi Mur qonuni tasdiqlagan xisoblash quvvatini amalga tadbiq etish imkoniyati parallel xisoblash tizimlarini yaratilishiga olib keldi. Ko’p yillar davomida prtsessor ishlab chiqaruvchilar doimiy ravishda instruktsiya darajasida parallelizm va taktlar chastotasini oshirib bordilar. Ya’ni yangi protsessorlarda bir oqimli ilovalar dasturiy kodga xech qanday o’zgarishlar kiritilmagan xolatda tezkorroq amalga oshdi. Xozirda xar xil sabablarga ko’ra protsessor ishlab chiqaruvchilar ko’pyadroli arxitekturalarni ma’qullamoqdalar. O’z-o’zidan bunday ko’pyadroli protsessorlar uchun turli dasturlar ham mos xolda ishlab chiqilmoqda. Ammo fundamental sabablarga ko’ra buning doim ham imkoni yo’q.
Parallel dasturlash iborasi ma’lum darajada keng tushuncha bo’lib, xisoblash tizimlarida bir nechta protsessor vositalaridan tashkil topgan xisoblarni tashkillash bilan bog’liqdir. Bunday tizimlarga ko’pyadroli protsessorlar, umumiy xotirali ko’pyadroli mashinalar, taqsimlanuvchi xotirali yoki gabrid arxitekturali yuqori samarador xisoblash klasterlari kiradi.
Oxirgi paytlarda parallel xisoblashga ko’p e’tibor qaratilmoqda. Bu ikki asosiy omillar bilan bog’liq. Birinchi omil ilmiy-texnik jarayon bilan tavsiflanadi. Buning oqibatida matematik modellashtirishni talab qiladigan yangi bilimlar soxasi paydo bo’ldi. Modellarning o’zi ham ayni vaqtda murakkablashdi. Natijada faqat yuqori samarador texnika bazasida parallel usullar yoki taqsimlangan xisoblashlar orqali amalga oshiriladigan qator katta miqdordagi resurslarni xisoblash soxasida inkor etib bo’lmas darajada talabni ortishi kuzatildi.
Ikkinchi omil, ya’ni bunda parallel xisoblashga qiziqish sezilarli darajada ortdi, parallel kompyuterlarda barcha jabxalarda keng tarqalishiga sabab bo’ldi. So’nggi paytlarda ko’pprotsessorli serverlarni ko’pincha o’rta va katta korxonalarda, banklarda, ilmiy tadqiqot institutlar va markazlarda uchratish mumkin. Ko’pyardoli protsessorlar paydo bo’lishi bilan ko’plab foydalanuvchilar o’z ish joylarida mini-superkompyuterlardan foydalana boshladilar.