Balantidiy (Balantidium coli). Balantidiylar har xil kiprikli infuzoriyalarning Bursariidae oilasiga mansub bo’lib, u 20 turni o’z ichiga oladi. Ushbu infuzoriyalar turli hayvonlarga parazitlik qilishga moslashgan, lekin faqat bitta turi (B.coli) odamning yug’on ichagida parazitlik qiladi. Ushbu parazitni dastlab shved shifokor olimi Malmsten aniqlagan. Parazit infuzoriyalar orasida balantidiy nisbatan yirik bo’lib, tana shakli tuxumsimon, oldingi uchi yensizlanib boradi, pastki uchi yesa ancha kengaygan. Tana uzunligi 30 mkm dan 200 mkm gacha, yeni 30-65 mkm ga teng. Pellikulasi kalta kiprikchalar bilan qoplangan. Ular pellikulada parallel qatorlar bo’lib joylashadi. Tanasining oldingi uchida sitostom (og’iz teshigi) joylashgan bo’lib, u voronka shaklidagi halqum (tomoqqa) ga ochiladi. Halqum (sitoforinks) sitoplazma bilan tutashadi. Sitostom atrofi nisbatan uzun kipriklar bilan o’ralgan. Ushbu kipriklar oziqa zarrachalari (bakteriyalar, zamburug’lar va boshqalar) ni ushlab qolish vazifasini bajaradi. Tanasining taxminan o’rta qismida ikkita yadro joylashgan bo’lib, ularning biri loviyasimon makronukleus (kattaligi 10-20 mkm), uning yonida (bag’rida) yesa mikronukleus (kichik yadro) joylashgan. U ancha kichik zarracha ko’rinishida.
Balantidiyning sitoplazmasi ikki qavatli ya’ni pellikula osti tiniq qavat – yektoplazmadan va qolgan barcha suyuqlik- yendoplazmadan iborat.
Gavdaning pastki (oxirgi) uchiga yaqin joyda qisqaruvchi vakuol bo’lib, bo’linuvchi individlarda u ancha yirik bo’ladi.
Sitoplazmada ancha ko’p sonda ovqatni hazm qiluvchi vakuolalar ham bo’lib, ularning ichi bakteriyalar, zamburug’lar, kraxmal donachalari, yeritrositlar va hazm qilinish bosqichidagi leykositlar bilan to’lgan bo’ladi.
Odamning yug’on ichagida yashovchi balantidiylar oziqlanishi ikki usulda borishi kuzatilgan, ya’ni balantidiaz kasalligi alomatlariga yega bo’lmagan sog’lom odam ichagidagi balantidiylarning oziqlanishi bakteriyalar, zamburug’lar, kraxmal donachalari hamda qoldiq mahsulotlar hisobida va gavdasi ancha kichik hamda xo’jayiniga nisbatan kommensallar sifatida munosabatda bo’ladi. Ular parazitlik bilan oziqlanmaydi.
Balantidiazga chalingan bemorlarning ichagidagi balantidiylar ancha yirik o’lchamli hamda ichak to’qimasi parazitlari sifatida yug’on ichak devoriga o’tib, ichak to’qimasi va devorini yallig’lab, yaralar paydo qiladi, hamda eritrositlar, leykositlar va ichak to’qimasi bilan oziqlanishga o’tadi. Bir qism parazitlar ichak to’qimasidan ichak bo’shlig’iga o’tib, sistalarga aylanadi va najas bilan tashqi muhitga chiqariladi. Parazit sistalarining shakli yumaloq, kattaligi 50-60 mkm, ikki qavatli po’stga o’ralgan. Sistalar tashqi muhitning noqulay omillariga ancha chidamli bo’ladi. Namli substratda 2 oygacha, quruq muhitda-ikki haftagacha tirikligini saqlaydi.
Odamda balantidiaz kasalligi yo’g’on ichak devori va to’qimasining kasallanishi oqibatida yuzaga keladi. Kasallikda ich ketishi, najas qon aralash bo’lsa, u ancha og’ir o’tadi. Kasallik ba’zan (29% gacha) o’lim bilan tugaydi. Ayrim hollarda parazit bilan zararlangan odamda kasallik alomatlari umuman bilinmaydi. Bunday odamlar balantidiy parazitini tashuvchilari bo’lib qoladi.
Balantidiy parazitini manbai cho’chqalar va qobonlar hisoblanadi. Shunga binoan balantidiaz tabiiy manbali kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallik yosh cho’chqalarda ancha og’ir o’tadi hamda ularni anchaginasini halok qiladi. Voyaga yetgan va katta yoshdagi cho’chqalarda parazitlar ichakda kommensallar sifatida yashaydi.